Izlash

QATTIQ PISHLOQ RETSEPTI — UY SHAROITIDA TAYYORLASH USULI, BOSQICHLARI

QATTIQ PISHLOQ RETSEPTI — UY SHAROITIDA TAYYORLASH USULI, BOSQICHLARI
Pishloq tayyorlash usullari juda ko’p. Ushbu maqolada sigir sutidan tayyorlanadigan oddiy pishloqning retsepti keltiriladi.

PISHLOQ TAYYORLASH RETSEPTI

Tayyolash vaqti: 1 soat
Kerakli masalliqlar:
  • Sut — 1 litr (2,5 — 6 % yog’li);
  • Tvorog — 1 kg;
  • Sariyog’ — 100g;
  • Tuxum — 1 ta;
  • Iste’mol sodasi — 1 choy qoshiq;
  • Tuz — 1 choy qoshiq (to’ldirmasdan).
Tayyorlanishi:
  1. Sut qaynashgacha olib boriladi. So’ng unga tvorog qo’shiladi va yana 3 daqiqa qaynatiladi.
  2. Zardobni ajratish
  3. Hosil bo’lgan massa doka matoga solib, zardobi chiqarib tashlanadi. U tomchilamay qo’ysa, majburlab qisib chiqarish kerak emas, shu holatning o’zi yetarli.
  4. Idishda sariyog’ eritib olinadi, so’ng unga iste’mol sodasi va tuz qo’shiladi.
  5. Erigan sariyog’ga tvorog qo’shiladi va 5 daqiqa davomida aralashtirib turgan holda past olovda qaynatiladi.
  6. Alohida idishda tuxum urib aralashtirib olinadi va tvorogga qo’shiladi, barchasi yaxshilab aralashtiriladi. So’ng idish olovdan olinadi, biroz sovutiladi.
  7. Hosil bo’lgan massa idishga solinadi va 3-4 soatga sovutgichga qo’yiladi. Pishloq tayyor.
Ta’bga ko’ra uy sharoitida tayyorlanadigan pishloqqa ko’katlar va biroz miqdorda maydalangan sarimsoq qo’shish ham mumkin.
  • 78
  • Рейтинг:  
    • Не нравится
    • 0
    • Нравится




  • Оставить комментарий

    Новости » Taomlar » QATTIQ PISHLOQ RETSEPTI — UY SHAROITIDA TAYYORLASH USULI, BOSQICHLARI