Izlash

Uyqu me’yorda bo‘lishi uchun nutritsiologlar iste’mol qilishni tavsiya qiladigan 13 mahsulot

Uyqu me’yorda bo‘lishi uchun nutritsiologlar iste’mol qilishni tavsiya qiladigan 13 mahsulot
Uyqu organizmning me’yoriy faoliyati va salomatlik uchun muhim sanaladi. Uning me’yorda bo‘lishi va tiniqib uyg‘onish uchun esa kun davomida foydali mahsulotlarni iste’mol qilish muhim sanaladi. Qanday mahsulotlardan tiyilish kerak, qaysilarini esa kanda qilmaslik kerakligi haqida “Domashniy ochag” jurnalida taqdim qilingan mutaxassislarning tavsiyasini e’tiboringizga havola qilamiz.
Uyqudan avval nima yeyish kerak emas?
Uyqudan avval og‘ir, qovurilgan taomlar, kofein, spirtli ichimlik, jig‘ildon qaynashiga olib keladigan mahsulotlar, tomat sousi singari mahsulotlar, shuningdek, apelsin sharbati ichmaslik kerak. Quyida nomi keltirilgan mahsulotlar esa aksincha yaxshi uxlashga hissa qo‘shadi.
Anjir
Nutritsiolog Jaklin Londonning aytishicha, anjir kaliy, magniy, kalsiy va temir moddasiga boy sanaladi. Qon aylanishi va mushaklar qisqarishini yaxshilaydigan ushbu minerallar uyqu uchun muhim sanaladi. Qolaversa, ushbu mahsulot shirinliklarga bo‘lgan moyillikni kamaytirib, to‘qlik hissini uzoq vaqt saqlab turadigan kletchatka bilan ta’minlaydi.
Tarvuz
Suvsizlanish uyqusizlikning sabablaridan bir ekani sabab ham uyqudan avval tarvuz iste’mol qilsa bo‘ladi. Ushbu mahsulotning ikki stakanga teng miqdori kechasi organizmning faoliyati uchun muhim bo‘lgan suv miqdorining teng yarmi hisoblanadi. Tarkibidagi kletchatka esa uxlashga xalal beradigan qorindagi g‘uldurashni sokinlashtiradi. Londonning aytishicha, tarvuzdan tashqari qovun, olma, apelsin va nok ham kechki chanqoqni yaxshi qondiradi,
Batat (shirin kartoshka)
Uyqudan avval kartoshka bo‘lagidan “kechki tost” tayyorlasangiz bo‘ladi. “Batat tarkibidagi kaliy, magniy va kalsiy tinchlanish va uxlashga yordam beradi”, — deydi Jaklin London. Yanada o‘ziga xos ta’mga ega bo‘lishi uchun ustidan bir necha tomchi asal va dengiz tuzi qo‘shish yoki yong‘oqli yog‘ surtish tavsiya qilinadi.
Xandon pista
Oqsil, B vitamini va magniyning koni bo‘lgan mahsulot uxlash uchun eng yaxshi mahsulot ekaniga qaramay, iste’mol borasida me’yorni bilish kerak. Tiniqib uxlash uchun undan bir hovuch yeyish kifoya, miqdori oshib ketadigan bo‘lsa, kaloriya haddan ortiq ko‘pligi hisobiga uxlash qiyinlashadi.
Olxo‘ri qoqi
B6 vitamini, kalsiy va magniyga boy bo‘lgan olxo‘ri qoqi uyqu gormoni melatoninni ishlab chiqarilishiga yordam beradi. Uyqudan 30 daqiqa avval kletchatkalarning koni bo‘lgan butun donli non ustiga olxo‘ri qoqi qo‘yib iste’mol qilish tavsiya qilinadi.
Pishloq
Chechel pishlog‘i tarkibidagi oqsil butun donli nondagi kletchatka bilan yaxshi umumlashadi. Oshqozonni tinchlantirib yaxshi uxlashni ta’minlaydi.
Giyohli choy
Bunday choylar uxlash uchun foydaning koni. “Moychechakli yoki zanjabilli choy uyqudan avval asablar, shuningdek, oshqozonni a’lo darajada tinchlantiradi”, — deydi London.
Suli yormasi
“Sulining pishgan yormalari, don mahsulotlaridan tayyorlangan non singari insulin ishlab chiqarilishini jadallashtiradi”, — deydi Sintiya Paskella. Ushbu mahsulotlar qondagi qand miqdorini tabiiy ravishda ko‘paytirib, uyquchanlikni chaqiradi. Mahsulot shuningdek, tanani bo‘shashtirib uxlashga yordam beradigan melatoninga ham bo‘y bo‘ladi.
Bodom
Bir nechta bodom iste’mol qilish uxlashga yordam beradi. Paskellaning aytishicha, bodom mushaklar va asablar bilan bog‘liq faollikni kamaytiradigan hamda yurak ritmini me’yorlashtiradigan triptofan va magniyni o‘z ichiga oladi.
Olcha
“Melatoninga boy mahsulotni qancha ko‘p iste’mol qilsangiz, shuncha yaxshi uxlaysiz”, – deydi tibbiyot fanlari doktori Mishel Dudash. Olcha ham suli va yong‘oq singari uyqu gormonining manbayi sanaladi. Ushu mahsulotni muntazam ravishda iste’mol qilish uyqu siklini yaxshilaydi.
Qora shokolad
Shokoladni nafaqat kunduzi, balki kechasi ham iste’mol qilsa bo‘ladi. Tarkibidagi seratonin tana va miyani tinchlantirish xususiyatiga ega. Umuman olganda qora shokolad foydali moddalar bisyor bo‘ladi.
Banan
Banan tarkibidagi magniy va kaliy mushaklar va asab tizimini tinchlantirish xususiyatiga ega. Qolaversa, undagi B6 vitamini triptofanni serotoninga aylantirishga yordam beradi.
Xumus
Paskellaning ma’lum qilishicha, no‘xat pastasi triptofanni eng yaxshi manbayi sanaladi. Yarim kechasi och holda uyg‘onish kun davomida yetarlicha kaloriya qabul qilinmaganini bildiradi. Kun davomida xumus iste’mol qiling va kun davomida uch marta ovqatlanish va ikki marta yengil tamaddi qilishga odatlaning.
  • 91
  • Рейтинг:  
    • Не нравится
    • 0
    • Нравится




  • Оставить комментарий

    Новости » Salomatlik » Uyqu me’yorda bo‘lishi uchun nutritsiologlar iste’mol qilishni tavsiya qiladigan 13 mahsulot