Izlash

Tishlarni qanday parvarish qilish kerak?

Tishlarni qanday parvarish qilish kerak?
Oppoq, tekis va sog‘lom tishlar doimo go‘zallik namunasi bo‘lib kelgan.
Stomatolog Saidolimxo‘ja Saidrasulov tishni parvarish qilish bilan bog‘liq tavsiyalari bilan bo‘lishdi. 

Foto: Google Images
Tishlaringizni kunda uch marta yuving
Tishning gigiyenik holatini yaxshi saqlash uchun, avvalo, tishni yotishdan oldin, ertalab va nonushtadan keyin yuvish shart.
Hozirgi kunda mutaxassislar agar kishi 3 mahal ovqat yesa, 3 marta tishni yuvish kerak degan fikrni oldinga suryapti. Aksariyat yevropaliklar buni odatga aylantirgan.
Men mijozlarimga hech bo‘lmaganda ikki mahal, ayniqsa, yotishdan oldin tishingizni yuving, deb tayinlayman. Sababi, masalan, odam yo‘q deganda 7 soat uxlaydi. Agar tish yuvilmasa, og‘iz bo‘shlig‘ida qolib ketgan ovqat qoldiqlari 7-8 soat ichida nimalar bo‘lmaydi deysiz?

Foto: Google Images
Tishni davolatishdan oldin ichki faktorlarni yo‘q qiling
Eng yomoni, bu tomoqqa ham ta’sir qiladi. Aksariyat odamlar ko‘p tomog‘i og‘riydigan, angina bo‘lib qoladi. Ularni kuzatsangiz, aksari yotishdan oldin tishini yuvmaydi.
Qo‘pol bo‘lsa ham aytaman, boylar oldinlari qul yoki ot, qo‘y olayotganda tishiga qarab olishgan. Chunki tishga qarab organizmning holatini bilishgan.
Bir kuni bir ayol qabulimga lingivid milklarini tozalatgani keldi. Ko‘p stomatologlarga borganini, ammo hech shifo topmayotgani haqida gapirdi. Tekshirtirdingizmi, desam, nimani tekshirtiraman, deb hayron bo‘ldi.
Avvalo, oshqozon-ichak tizimini yaxshilab tekshirtirish lozim, sizda autizm, oshqozon yarasi yoki bo‘qoq bo‘lishi mumkin, dedim. U ayol “oshqozonimdan shikoyatim yo‘q” deb qaytib ketdi.
Oradan biroz vaqt o‘tib u ayol yana kelib, gapimdan so‘ng shifokorga borib tekshirtirganini, men aytgan a’zolarida muammo chiqqanini aytdi.

Foto: Google Images
Har 6 oyda shifokorga ko‘rining
Qabulimga 18-20 yoshlilar keladi. Aksariyatining tishi qolmagan. Aslida, 18 yoshda 28 ta tish bo‘lishi kerak. Borlarining ham kamida 20 ta tishida muammo bor. Bu degani yaxshi yuvmas ekan yaxshi parvarish qilmas ekan, degani emas.
To‘g‘ri, gigiyenani yaxshi ushlamagan, lekin asosiy sabab oshqozondan. Tishni davolatish bilan kasallikka sabab bo‘lgan ichki faktorlarni bartaraf qilgan ma’qul.
Odamlar tishida muammo bo‘lsa-bo‘lmasa, har olti oyda stomatologga kelib tekshirtirib turishlarini maslahat bergan bo‘lardim.
  • 106
  • Рейтинг:  
    • Не нравится
    • 0
    • Нравится




  • Оставить комментарий

    Новости » Salomatlik » Tishlarni qanday parvarish qilish kerak?