Izlash

Ko‘proq malina iste’mol qilishni boshlash uchun 5 sabab

Ko‘proq malina iste’mol qilishni boshlash uchun 5 sabab
Malina mavsumi boshlanishi bilan bekajonlar murabbo tayyorlashga kirishadi. Ushbu rezavor mazali bo‘lishi bilan birga, bir qancha foydali xususiyatlarga ham ega.
Qondagi shakar miqdorini nazorat qiladi
Malinada kraxmalning parchalanishiga ta’sir o‘tkazadigan ko‘p miqdordagi taninlar mavjud. Bu rezavor past glisemik indeksga (GI) va kletchatkaga boy. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, malina parhez bilan birgalikda qondagi qand miqdorini pasaytirishga va insulin reaksiyasini yaxshilashga yordam beradi.
Artrit alomatlarini yo‘qotishga yordam beradi
Antosiyaninlar – bu o‘simlik pigmentlari bo‘lib, ular meva va sabzavotlarga rang beradi va ularning birikmalari orqali yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu tabiiy bo‘yoqlar tufayli artrit rivojlanish xavfi kamayadi. Bundan tashqari, kasallik allaqachon rivojlanganda ham bo‘g‘imlarning holati yomonlashishdan to‘xtaydi.
Qarish jarayonining oldini oladi
Polifenollar malinani ultrabinafsha nurlanishining salbiy ta’siridan himoya qiladi  – ular insonlarga ham yordam berishi mumkin. Ko‘pgina polifenollar kuchli antioksidantlar bo‘lib, qarish bilan kurashishga yordam beradi. Bundan tashqari, bu mo‘jizaviy rezavor kollagen ishlab chiqarish uchun muhim bo‘lgan C vitaminiga boy.
Metabolik sindromdan himoya qiladi
Insulinga sezuvchanlik salomatlikning asosiy ko‘rsatkichlaridan biridir. Metabolik sindromi sichqonlar bo‘yicha o‘tkazilgan tajribalarda ishtirokchilar har kuni bir marta malina iste’mol qilish bilan o‘z vaznini barqarorlashtirishi va insulinga sezuvchanligini oshirishi ko‘rsatilgan.
Saratonga qarshi xususiyatlarga ega
Malinalar, shuningdek, nazariy jihatdan yo‘g‘on ichak, ko‘krak va jigar saratonidan himoya qiladigan antioksidantlarga boy. Ushbu tadqiqotlarning aksariyati hayvonlar ustida o‘tkazilgan, shuning uchun malinaning ushbu xususiyatini ko‘proq odamlarda sinab ko‘rish kerak.
  • 113
  • Рейтинг:  
    • Не нравится
    • 0
    • Нравится




  • Оставить комментарий

    Новости » Salomatlik » Ko‘proq malina iste’mol qilishni boshlash uchun 5 sabab