Izlash

Baqlajondan ko‘rinishi tovusni esga soluvchi mazali yegulik tayyorlab ko‘ring

Baqlajondan ko‘rinishi tovusni esga soluvchi mazali yegulik tayyorlab ko‘ring
Mazkur retsept asosida tayyorlangan yegulikni guruch yoki kartoshkadan tayyorlangan garnir bilan qo‘shib iste’mol qilsangiz bo‘ladi.
Kerakli mahsulotlar:
  • baqlajon — 1 dona;
  • o‘simlik yog‘i — 2 osh qoshiq;
  • bodring — 1 dona;
  • pomidor — 2 dona;
  • zaytun — 6-8 dona;
  • sarimsoq piyoz — 2 dona;
  • mayonez — 2 osh qoshiq;
  • petrushka — 2-3 bog‘;
  • tuz, murch.
Tayyorlanish jarayoni:
  • Parrak shaklda kesib chiqilgan baqlajonlarga tuz seping, yog‘ surtib chiqing.
  • 180 daraja qizigan pechda 20-25 daqiqa davomida pishirib oling.
  • Bodring va pomidorni ham parrak qilib kesib chiqing.
  • Zaytunni o‘rtasidan bo‘ling.
  • Maydalangan sarimsoqni mayonez bilan aralashtiring.
  • Sovigan baqlajonlar ustiga mayonez surting.
  • Ustidan bodring va pomidor qo‘yib chiqing.
  • Bodringning ustidan zaytun qo‘ying.
  • Petrushka bilan bezang.
Yoqimli ishtaha!
  • 92
  • Рейтинг:  
    • Не нравится
    • 0
    • Нравится




  • Оставить комментарий

    Новости » Taomlar » Baqlajondan ko‘rinishi tovusni esga soluvchi mazali yegulik tayyorlab ko‘ring