Izlash

Guruch qo‘shib pishiriladigan mazali tovuq go‘shti

Guruch qo‘shib pishiriladigan mazali tovuq go‘shti
Ushbu taomni kechki ovqatga tayyorlashingiz va unga istalgan sous qo‘shib iste’mol qilishingiz mumkin.
Kerakli mahsulotlar:
  • piyoz — 1 dona;
  • sarimsoq piyoz — 2 dona;
  • sariyog‘ — 3 osh qoshiq;
  • quritilgan qizil qalampir — 1 osh qoshiq;
  • quritilgan tog‘jambil — 1 choy qoshiq;
  • quritilgan sarimsoq piyoz — 0,5 choy qoshiq;
  • tuz, murch;
  • tovuq go‘shtining terisi olingan qismi;
  • guruch — 270 g;
  • tovuq bulyoni — 400 ml;
  • suv — 300 ml.
Tayyorlanish jarayoni:
  • Sarimsoq piyoz va piyozni mayda qilib to‘g‘rang.
  • Pechda pishirishga mo‘ljallangan idishga sabzavotlar va sariyog‘ soling, 180 daraja qizigan pechga 12—15 daqiqaga qo‘ying.
  • Ziravorlarning barchasini aralashtirib, tovuq go‘shtiga surting.
  • Pechdagi idishni oling, sarimsoq va piyozga guruch qo‘shib aralashtiring;
  • Ustiga tovuq go‘shtini soling, tovuq bulyonini ham quyib, ustini folga qog‘ozi bilan yoping.
  • 30 daqiqa davomida pechda pishirib oling, keyin folgani olib yana 30 daqiqaga qo‘ying.
  • Pechdan olgandan keyin 5—10 daqiqa davomida sovitib oling.
  • Ustini qirg‘ichdan chiqarilgan pishloq bilan ham bezasangiz bo‘ladi.
Yoqimli ishtaha!
  • 88
  • Рейтинг:  
    • Не нравится
    • 0
    • Нравится




  • Оставить комментарий

    Новости » Taomlar » Guruch qo‘shib pishiriladigan mazali tovuq go‘shti