Izlash

Baqlajonli kapreze salati retsepti

Baqlajonli kapreze salati retsepti
Baqlajon, pomidor va motsarella pishlog‘ining kombinatsiyasi ajoyib ta’mni hosil qiladi. 
Kerakli mahsulotlar:
  • baqlajon – 1 dona;
  • pomidor – 2-3 dona;
  • motsarella – 250 gramm;
  • zaytun moyi – 2 osh qoshiq;
  • rayhon, balzam sirkasi, tuz va ziravorlar.
Tayyorlanish jarayoni:
  1. Baqlajon, pomidor va motsarella parrak shaklida to‘g‘raladi.
  2. Baqlajonga tuz va ziravorlar sepib, zaytun moyi surtiladi.
  3. So‘ngra qizdirilgan tovada 2-3 daqiqa davomida qovurib olinadi.
  4. Baqlajon, pomidor va pishloq aylana shakldagi idishga ketma-ketlik bilan terib chiqiladi.
  5. Yuzasida rayhon yaproqlari va balzam sirkasi quyiladi. Ta’bga ko‘ra pesto sousini ham qo‘shish mumkin.
Yoqimli ishtaha!
  • 101
  • Рейтинг:  
    • Не нравится
    • 0
    • Нравится




  • Оставить комментарий

    Новости » Taomlar » Baqlajonli kapreze salati retsepti