Izlash

Quyoshdan himoya qilmaslik natijasida teri saratoni xavfi oshadigan tananing 7 qismi

Quyoshdan himoya qilmaslik natijasida teri saratoni xavfi oshadigan tananing 7 qismi
Teri saratoni rivojlanishining asosiy omili ultrabinafsha nurlaridir. Ishonish qiyin, ammo quloq, lablar va tanadagi yana 5 a’zoni undan himoya qilmaslik natijasida xavfli kasallik rivojlanishi mumkin.
Ko‘pchilik bahor, yoz, umuman, iliq va quyoshli mavsumda, iloji boricha ochiq havoda bo‘lishni xohlaydi. Chunki bu kabi ob-havo insonga energiya va yaxshi kayfiyat bag‘ishlaydi. Shuningdek, quyosh nuri serotonin ishlab chiqarishga yordam beradi, sog‘liq uchun esa ko‘p mamlakatlarda tanqis bo‘lgan tabiiy D vitamini hisoblanadi. Ammo ultrabinafsha nurlaridan himoya qilish haqida unutmaslik kerak. Buning uchun maxsus vositalardan foydalanish, shu jumladan, tananing kerakli qismlariga surtish tavsiya etiladi.
Bosh terisi
Albatta, bosh terisini ultrabinafsha nurlaridan himoya qilish haqida juda kam insonlar biladi. Ammo quyosh nurining asosiy qismi birinchi boshga tushadi.  Shuning uchun, ochiq havoda ko‘p vaqt o‘tkazishni rejalashtirganlar bosh kiyim kiyishni va har ikki soatda quyoshdan saqlovchi krem surishni unutmasligi kerak.
Quloqlar
Dermatologlarning aytishicha, agar ular terining faqat ikkita qismini himoya qilish kerak bo‘lsa, ular quloq va lablarni tanlagan bo‘lardi. Ehtimol, buni ham ko‘pchilik bilmasligi mumkin, lekin lablar va quloqlarning terisi himoyasiz bo‘lib, teri saratoni rivojlanishining asosiy joyi hisoblanadi. Shuning uchun, quyoshdan saqlovchi krem yoki losyondan foydalanish, shlyapa yoki ro‘mol o‘rash tavsiya etiladi.
Lablar
Ultrabinafsha nurlari lablarga yiliga 365 kun ta’sir qiladi, ayniqsa, issiq oylarda, bahor va yozda ta’sir darajasi ortadi. Va shuning uchun ularni nafaqat qurib qolishidan, balki teri saratoni rivojlanishiga olib keladigan xavfli nurlardan ham himoya qilish juda muhimdir. SPF darajasi 30 va undan yuqori bo‘lgan balzamlardan foydalanish – lablarni nafaqat namlaydi, balki himoya ham qiladi.
Ko‘z qovoqlari
Birinchidan, quyoshdan saqlaydigan ko‘zoynakni nafaqat yoz yoki plyajda, balki hamisha taqish kerak. Shuningdek, kuni bo‘yi ko‘zoynak taqilsa ham, ko‘z qovoqlarining nozik terisi ishonchli himoyaga muhtoj bo‘ladi. Buning uchun SPF darajasiga mos keladigan maxsus yuz kremidan foydalanish tavsiya etiladi.
Bo‘yin
Ba’zi sabablarga ko‘ra, ko‘pincha bu soha unutiladi. Shu bilan birga, bo‘yin kun bo‘yi quyoshda qoladi, ayniqsa, qisqa sochli qizlar himoyani kuchaytirishi kerak. Ko‘chaga chiqishdan 15 daqiqa oldin kremni qo‘llash lozim. Bordi-yu kun quyosh nuri ostida o‘tsa, vositani har ikki soatda yangilash kerak.
Oyoqlar
Oyoq barmoqlari va kafti eng xavfli zonalardan biri hisoblanadi. Plyaj poyabzali va suv quyoshdan himoyalamaydi. Shuning uchun uydan chiqishdan oldin oyoqlarni himoya krem bilan asrashni unutmaslik lozim.
Qo‘llar
Ajablanarlisi shundaki, qo‘llarni himoya qilish hech kimning xayoliga ham kelmaydi. Aslida, qo‘l terisi deyarli har doim ochiq va quyosh nurlarini birinchilardan bo‘lib qabul qiladi. Shuning uchun nafaqat bahor yoki yozda, balki qishda ham SPF qo‘l kremini qo‘llash tavsiya etiladi.
  • 99
  • Рейтинг:  
    • Не нравится
    • 0
    • Нравится




  • Оставить комментарий

    Новости » Salomatlik » Quyoshdan himoya qilmaslik natijasida teri saratoni xavfi oshadigan tananing 7 qismi