Izlash

Qovoqcha va pomidorga pishloq qo‘shib mazali zapekanka tayyorlaymiz

Qovoqcha va pomidorga pishloq qo‘shib mazali zapekanka tayyorlaymiz
Barra sabzavotlardan tayyorlangan yegulikni kunning istalgan qismida iste’mol qilsangiz bo‘ladi.
Kerakli mahsulotlar:
  • qovoqcha — 3 dona;
  • o‘simlik yog‘i — 2 osh qoshiq;
  • pomidor — 4 dona;
  • sarimsoq piyoz — 2 dona;
  • ko‘katlar;
  • tuz, murch;
  • motsarella yoki qattiq pishloq — 150-200 g.
Tayyorlanish jarayoni:
  • Dumaloq shaklda kesib olingan qovoqchaning har ikki tarafini o‘simlik yog‘i solingan tovada qovurib oling.
  • Pomidorni ham dumaloq shaklda to‘g‘rang, ko‘katlar va sarimsoqni maydalang.
  • Pechga qo‘yishga mo‘ljallangan maxsus idishga qovoqcha va pomidorni ketma-ketlikda terib chiqing.
  • Orasiga sarimsoq, ko‘katlar, tuz va murch qo‘shing.
  • Qirg‘ichdan chiqarilgan pishloq qo‘shing.
  • 190 daraja qizigan pechda 30 daqiqa davomida pishirib oling.
  • Dasturxonga issiq holida yoki sovitib tortsangiz ham bo‘ladi.
Yoqimli ishtaha!
  • 88
  • Рейтинг:  
    • Не нравится
    • 0
    • Нравится




  • Оставить комментарий

    Новости » Taomlar » Qovoqcha va pomidorga pishloq qo‘shib mazali zapekanka tayyorlaymiz