Izlash

Pomidor va qiyma qo‘shib mazali spagetti tayyorlaymiz

Pomidor va qiyma qo‘shib mazali spagetti tayyorlaymiz
Sarimsoq va rayhon qo‘shib pishiriladigan qiymaning ta’mi taomning mazali chiqishiga hissa qo‘shadi.
Kerakli mahsulotlar:
  • pomidor — 800-900 g;
  • piyoz — 1 dona;
  • sarimsoq piyoz — 3 dona;
  • o‘simlik yog‘i — 2 osh qoshiq;
  • quritilgan rayhon — 1 osh qoshiq;
  • dolchin;
  • qizil murch;
  • qiyma — 200 g;
  • tuz, murch;
  • spagetti xamiri — 170 g.
Tayyorlanish jarayoni:
  • Bir necha soniyaga qaynoq suvga solingan pomidorning po‘stini artib, mayda bo‘laklarga bo‘ling.
  • Piyoz va sarimsoqni maydalang.
  • O‘simlik yog‘i solingan tovada piyoz, keyin esa sarimsoq, rayhon va dolchin qo‘shib aralashtiring.
  • Aralashmani tovaning chetiga surtib, yoniga go‘sht solib qovuring.
  • Bir daqiqadan keyin hammasini aralashtirsangiz bo‘ladi.
  • Pomidor qo‘shib yana 15 daqiqa pishiring.
  • Tuz va murch seping.
  • Spagetti xamirini tuzli suvda pishirib oling.
  • Xamir ustiga qiymali aralashmani soling.
  • Rayhon barglari bilan bezashni unutmang.
Yoqimli ishtaha!
  • 99
  • Рейтинг:  
    • Не нравится
    • 0
    • Нравится




  • Оставить комментарий

    Новости » Taomlar » Pomidor va qiyma qo‘shib mazali spagetti tayyorlaymiz