Izlash

Qovun va tarvuzdan tayyorlanadigan 5 mazali yegulik retsepti

Qovun va tarvuzdan tayyorlanadigan 5 mazali yegulik retsepti
Vitaminlarga boy bo‘lgan qovun va tarvuzdan mazali yegulik, shirinlik hamda salat tayyorlasa bo‘ladi.
Rukkola va tarvuzdan tayyorlanadigan salat
Kerakli mahsulotlar:
  • tarvuz — 200 g;
  • rukkola — 50 g;
  • laym — 1 dona;
  • balzamli sous — 20 g.
Tayyorlanish jarayoni:
  • Tarvuzni 2 sm qalinlikda dumaloq qilib kesib oling.
  • Laym sharbati qo‘shilgan rukkolani tarvuzning ustiga qo‘ying.
  • Ustidan balzamli sous quying.
Mevalar qo‘shib tayyorlanadigan tovuq filesi

Foto: Elle
Kerakli mahsulotlar:
  • tovuq filesi — 300 g;
  • soya sousi — 50 ml;
  • sarimsoq piyoz — 1 dona;
  • apelsin — 1 dona;
  • tarvuz — 100 g;
  • qovun — 100 g;
  • olma — 1-2 dona;
  • oshko‘k — 50 g;
  • ko‘k piyoz — 5 g.
Tayyorlanish jarayoni:
  • Tovuq filesini apelsin sharbati va maydalangan sarimsoq qo‘shilgan soya sousiga marinadlab qo‘ying.
  • O‘simlik yog‘i solingan tovada har tomonini 3 daqiqadan qovurib oling.
  • Mevalar va ko‘katlarni 2-3 mm qalinlikda to‘g‘rang.
  • Tarelkaga qovurilgan tovuq va mevali aralashmani solib, ko‘katlar bilan bezang.
Qovundan tayyorlanadigan sitrusli sorbet

Foto: Elle
Kerakli mahsulotlar:
  • qovun — 900 g;
  • apelsin — 1 dona;
  • limon — 1-2 dona;
  • asal — 50 g;
  • yalpiz — 10 g.
Tayyorlanish jarayoni:
  • Qovunning 150 grammini olib qo‘yib, qolganini chuqurroq idishga soling.
  • Apelsinni o‘rtasidan bo‘lib, ichki qismini o‘yib oling.
  • Apelsinning o‘yib olingan qismiga asal qo‘shib, qovun solingan chuqur idishda blenderda aralashtiring.
  • 150 g qovunni mayda kubiklarga bo‘lib aralashmaga qo‘shing.
  • Aralashmani 8 soatga muzlatkichga qo‘ying.
  • Dastlabki uch soat davomida sanchqi bilan aralashtirib turing, keyin yana 5 soatga qoldiring.
  • Ichi o‘yilgan apelsin ichiga aralashmani solib, barra yalpiz bilan bezang.
Qovunli pankeyk

Foto: Elle
Kerakli mahsulotlar:
  • tuxum — 1 dona;
  • sut — 200 ml;
  • un — 210 ml;
  • razrixlitel — 5 g;
  • tuz, shakar;
  • qovun — 800 g;
  • asal — 100 g;
  • dolchin — 5 g;
  • limon — 1 dona;
  • qaymoq — 500 ml;
  • quyultirilgan sut — 200 ml;
  • laym — 1 dona.
Tayyorlanish jarayoni:
  • Chaqilgan tuxumga shakar va tuz solib aralashtiring.
  • Shakar, sut va o‘simlik yog‘i qo‘shing.
  • Un va razrixlitel qo‘shib aralashtirishda davom eting.
  • Yog‘ solinmagan tovada har ikki tarafini pishirib oling.
  • Kubiklarga bo‘lingan qovunga, asal, limon sharbati va dolchin qo‘shib aralashtiring.
  • Uncha baland bo‘lmagan olovga yarim soatga qo‘ying.
  • Qaymoqqa laym sharbati, quyultirilgan sut qo‘shib aralashtiring, yarim soatga sovitkichga qo‘ying.
  • Tarelkaga solingan pankeyk ustiga krem keyin esa qovunli aralashma soling.
  • Shu ketma-ketlikda taxlab chiqing.
  • Shakar kukuni va yalpiz bilan bezang.
Qovun va tarvuzdan tayyorlanadigan mevali salat

Foto: Elle
Kerakli mahsulotlar:
  • tarvuz — 400 g;
  • qovun — 400 g;
  • asal — 100 g;
  • limon — 1 dona;
  • yalpiz — 10 g.
Tayyorlanish jarayoni:
  • Asalga limon sharbati qo‘shib aralashtiring.
  • Tarvuz va qovunni kubik shaklida to‘g‘rang.
  • Asalli sous qo‘shib aralashtiring.
  • Yalpiz bargi bilan bezang.
Yoqimli ishtaha!
  • 109
  • Рейтинг:  
    • Не нравится
    • 0
    • Нравится




  • Оставить комментарий

    Новости » Taomlar » Qovun va tarvuzdan tayyorlanadigan 5 mazali yegulik retsepti