Izlash

Asalning salomatlik uchun 4 foydasi

Asalning salomatlik uchun 4 foydasi
Asal salomatlik uchun muhim bo‘lgan vitamin hamda mikroelementlarni o‘zida mujassam qiladi. Mikrob va yallig‘lanishga qarshi tabiiy vosita hisoblangan ushbu mahsulotning bir necha yuz xili mavjud.
Qanday asal yaxshiroq bo‘ladi?
Yangi, filtrlanmagan hamda qayta ishlanmagan — to‘g‘ridan to‘g‘ri ari uyasidan olingan asal antibakterial va antioksidantlik xususiyatiga ega bo‘ladi. Asalning bunday turi salomatlikni yaxshilash uchun mahalliy qo‘llashda qo‘l keladi. Iste’mol borasida esa qayta ishlangan — mayda zarrachalar va gulchangidan tozalangan asaldan foydalangan yaxshi. 2012-yilda o‘tkazilgan tadqiqotlarda filtrlangan asalning xususiyatlari yuqorida ta’kidlangan variantdan unchalik kam emasligi aniqlangan. Qolaversa, bunday asalni iste’mol qilish yanada yoqimli.
Foydali xususiyatlari
Oshqozondagi muammolardan tortib, allergiya, shamollash va teri infeksiyalarigacha bo‘lgan kasalliklarni asal bilan davolash mumkin. Shunga qaramay, buning ilmiy isboti yo‘q ekanligini ham inobatga olish kerak. Tadqiqotlarda aniqlangan asalning foydali xususiyatlari haqida esa quyida ma’lumot berib o‘tamiz.
Miya faoliyati uchun foydali
Asalni har kuni 3 choy qoshiqdan iste’mol qilish menopauzadan keyingi davrdagi ayollarning xotirasini yaxshilashga hissa qo‘shadi. 2011-yil “Menapause” jurnalida e’lon qilingan tadqiqotda, ishtirokchilarning xotirasi asal iste’mol qilgandan 16 hafta o‘tib estrogen va progestin gormonal terapiyasi bilan davolangan bemorlarniki singari yaxshilangani ta’kidlangan.
Yo‘talni kamaytiradi
2012-yil Pediatrics jurnalida e’lon qilingan maqolada esa yuqori nafas yo‘llari infeksiyasidan aziyat chekadigan bolalar uyquga yotishidan 30 daqiqa avval evkalipt, sitrus yoki shifobaxsh giyohli (rozmarin, tog‘jambil hamda yalpiz) asal iste’mol qilganidan keyin platsebo qabul qilganlarga nisbatan kam yo‘talgani va yaxshiroq uxlagani ma’lum qilingan.
Yara va tirnalishlarni bitishiga yordam beradi
Asaldan yara-chaqalarni bitiruvchi surtma sifatida foydalansa ham bo‘ladi. 2017-yilda o‘tkazilgan tadqiqotda antibakterial xususiyati sabab asal yarani dezinfeksiya qilishi, yallig‘lanishni kamaytirib, to‘qimalarning tez regeneratsiyaga hissa qo‘shishi ta’kidlangan. Tadqiqotchilar asal surtilgan bog‘lamni yaraga qo‘yish zararlangan tana qismiga asal surtishdan samaraliroq ekanini aniqlagan
Kuyishda yordam beradi
Qaynab turgan suvning bug‘i, qizib turgan soch turmaklaydigan vositalar va quyosh nuridan kuyganda asal surtish tavsiya qilinadi. 2013-yilda o‘tkazilgan tadqiqotda ushbu mahsulot diskomfortni kamaytirib, terini tinchlantirishi hamda tez bitishiga yordam beradi.
  • 82
  • Рейтинг:  
    • Не нравится
    • 0
    • Нравится




  • Оставить комментарий

    Новости » Salomatlik » Asalning salomatlik uchun 4 foydasi