Izlash

O‘z qo‘lingiz bilan rafaello tortini tayyorlab ko‘ring

O‘z qo‘lingiz bilan rafaello tortini tayyorlab ko‘ring
Mazali shirinlik bilan oila a’zolaringizning kayfiyati ko‘tarilishiga sababchi bo‘ling.
Kerakli mahsulotlar:
  • un — 1 stakan;
  • tuxum — 5 dona;
  • smetana (25 foizli) — 320 g;
  • shakar — 380 g;
  • oq shokolad — 100 g;
  • kokos qirindisi — 100 g;
  • sariyog‘— 120 g;
  • bodom — 50 g;
  • tuz.
Tayyorlanish jarayoni:
  • 4 ta tuxumga tuz qo‘shib mikserda aralashtiring.
  • Aralashtirishdan to‘xtamasdan 200 g shakar qo‘shing.
  • Unni kam-kamda qo‘shib aralashtiring.
  • Xamirni maxsus qolipga solib qizib turgan pechga 40 daqiqaga qo‘ying.
  • Tayyor bo‘lgan biskvit soviganidan keyin plyonkaga o‘rab, sovitkichga qo‘ying.
  • 80 g shakarga, 3 qoshiq un, 1 ta tuxum va smetana qo‘shing, idishdagi qaynagan suv bug‘i ustida aralashtirishda davom eting.
  • 10 daqiqa davomida aralashtirishdan to‘xtamang.
  • Maydalangan shokolad, kokos qirindisi qo‘shib aralashtiring.
  • Xona haroratida erigan sariyog‘ga shokoladli aralashmani qo‘shing, tayyor kremni sovitkichga qo‘ying.
  • 100 g shakarni eritib oling.
  • Tovada qizdirib olingan bodomni shakarli aralashmaga qo‘shing.
  • Blenderda yaxshilab maydalab oling.
  • Biskvitni o‘rtasidan bo‘lin.
  • Orasiga krem surting, bodomli aralashma soling.
  • Kokos qirindisi seping.
  • Ustini rafaello sharchalari bilan bezang.
Yoqimli ishtaha!
  • 126
  • Рейтинг:  
    • Не нравится
    • 0
    • Нравится




  • Оставить комментарий

    Новости » Taomlar » O‘z qo‘lingiz bilan rafaello tortini tayyorlab ko‘ring