Izlash

Qovoqcha va kunjut qo‘shib tovuq filesidan qovurma taom tayyorlaymiz

Qovoqcha va kunjut qo‘shib tovuq filesidan qovurma taom tayyorlaymiz
Zanjabilga sarimsoq qo‘shib tayyorlangan sous taomning mazali bo‘lishiga hissa qo‘shadi.
Kerakli mahsulotlar:
  • qovoqcha – 1 dona;
  • bulg‘ori qalampiri – 1-2 dona;
  • sarimsoq piyoz – 1 dona;
  • zanjabil;
  • tovuq filesi – 450 g;
  • jo‘xori kraxmali – 2 osh qoshiq;
  • o‘simlik yog‘i – 2 osh qoshiq;
  • soya sousi – 3 osh qoshiq;
  • shakar – 2 osh qoshiq;
  • ko‘k piyoz;
  • kunjut.
Tayyorlanish jarayoni:
  • Qovoqcha va bulg‘ori qalampirini uncha katta bo‘lmagan bo‘laklarga bo‘ling.
  • Sarimsoq piyoz va zanjabilni maydalab oling.
  • Bo‘laklarga bo‘lingan fileni kraxmalga bulg‘ab oling.
  • O‘simlik yog‘i solingan tovada tovuq go‘shtini 6-8 daqiqa davomida qovuring.
  • Fileni tarelkaga solib, olovni pasaytiring.
  • Zanjabilli sarimsoqni solib 20-30 soniya qovuring.
  • Olovni ko‘taring hamda to‘g‘ralgan sabzavotlarni qo‘shib 4-5 daqiqa qovuring.
  • Soyaga sirka va shakar qo‘shib aralashtiring.
  • Fileni tovaga solib, ustidan sousni qo‘shing.
  • Taomni ko‘k piyoz va kunjut bilan bezang.
Yoqimli ishtaha!
  • 79
  • Рейтинг:  
    • Не нравится
    • 0
    • Нравится




  • Оставить комментарий

    Новости » Taomlar » Qovoqcha va kunjut qo‘shib tovuq filesidan qovurma taom tayyorlaymiz