Izlash

Uy sharoitida qorag‘atli muzqaymoq tayyorlaymiz

Uy sharoitida qorag‘atli muzqaymoq tayyorlaymiz
Issiq ob-havoda muzqaymoq xarid qilish uchun ko‘chaga chiqishning keragi yo‘q. Mazali muzqaymoqni o‘z qo‘llarimiz bilan uyda tayyorlab ko‘ramiz.
Kerakli mahsulotlar:
  • limon – 1/2 dona;
  • qorag‘at – 350-400 gramm;
  • shakar – 25 gramm;
  • qaymoq – 380 ml;
  • quyultirilgan sut – 200 ml;
Tayyorlanish jarayoni:
  1. Limonning po‘sti olinib, sharbati siqib chiqariladi.
  2. Qorag‘at blenderda maydalanadi va unga shakar, limon sharbati va po‘sti qo‘shiladi.
  3. Massa o‘rtacha olovda qaynatilgandan so‘ng past olovda 15 daqiqa davomida aralashtiriladi. Sovitish uchun 2 soatga muzlatkichga qo‘yiladi.
  4. Qaymoq yaxshilab mikser qilinadi, ustidan quyultirilgan sut va qorag‘atli aralashma qo‘shilib, yana aralashtiriladi.
  5. So‘ngra muzqaymoq qolipiga solinib, 5-6 soatga muzlatkichga qo‘yiladi.
Yoqimli ishtaha!
  • 82
  • Рейтинг:  
    • Не нравится
    • 0
    • Нравится




  • Оставить комментарий

    Новости » Taomlar » Uy sharoitida qorag‘atli muzqaymoq tayyorlaymiz