Izlash

Pechda pishiriladigan baqlajonli taom retsepti

Pechda pishiriladigan baqlajonli taom retsepti
Ushbu taomda go‘sht, sabzavotlar va pishloq ajoyib ta’mni hosil qiladi.
Kerakli mahsulotlar:
  • baqlajon – 1 dona
  • o‘simlik moyi – 3 osh qoshiq;
  • go‘sht – 150-200 gramm;
  • piyoz – 1/2 dona;
  • sarimsoq – 2 bo‘lak;
  • bulg‘ori qalampiri – 1/2 dona;
  • quritilgan non – 1-2 osh qoshiq;
  • tuxum – 1 dona;
  • pishloq – 150 gramm;
  • tuz va ziravorlar.
Tayyorlanish jarayoni:
  1. Baqlajon uzunasiga ikki qismga bo‘linadi va ichi o‘yib, qayiqcha hosil qilinadi.
  2. Baqlajonning o‘yib olingan qismi suvda 8-10 daqiqa qaynatib olinadi.
  3. Tovaga 1 osh qoshiq yog‘ quyib, qiymalangan go‘sht qovurib olinadi.
  4. Boshqa tovada sarimsoq, piyoz va bulg‘ori 7 daqiqa davomida qovuriladi.
  5. Massaga pishirilgan baqlajon, sabzavotlar va tuxum solib, aralashtiriladi. Ustidan pishloq qirg‘ichda sepiladi.  Tuz va ziravorlar qo‘shiladi.
  6. Tayyor bo‘lgan nachinka baqlajonli qayiqchalarga solinadi va ustidan pishloq sepiladi.
  7. Pechda 175 darajada 45-50 daqiqa davomida pishiriladi.
Yoqimli ishtaha!
  • 88
  • Рейтинг:  
    • Не нравится
    • 0
    • Нравится




  • Оставить комментарий

    Новости » Taomlar » Pechda pishiriladigan baqlajonli taom retsepti