Izlash

Internetda amerikalik operatorning dron yordamida bitta dublda olingan ajoyib videosi tarqaldi

Internetda amerikalik operatorning dron yordamida bitta dublda olingan ajoyib videosi tarqaldi
Minneapolisda Jey Kristensen ismli yigit drondan foydalangan holda eng murakkab videolarni suratga olish orqali mashhurlikka erishgandi. Bu safar Kristensen o‘z dronini attraksionlarga ega ulkan savdo markazida uchirdi.
Kristensen o‘zining navbatdagi obyekti sifatida dunyodagi eng yirik savdo markazlaridan biri — Mall of America’ni tanlagan.

Video bu safar ham bitta dublda olingan, unda qo‘shimcha montaj yoki kompyuter grafikasi yo‘q.
Avvalroq Kristensenning bouling bo‘ylab uchib, keglilarni yiqitgan dron videosi mashhurlikka erishgan edi. Ushbu video Twitter’da tarqalgach, “Galaktika qo‘riqchilari” rejissori Jeyms Gann e’tibor qaratgan. Rejissorga Kristensenning ishi shu qadar yoqqanidan u Jeyni Londonga, “Galaktika qo‘riqchilari”ning uchinchi qismini suratga olishga taklif etgan.
  • 65
  • Рейтинг:  
    • Не нравится
    • 0
    • Нравится




  • Оставить комментарий

    Новости » Texnologiyalar » Internetda amerikalik operatorning dron yordamida bitta dublda olingan ajoyib videosi tarqaldi