Izlash

Jigar kasalliklarini 20 foizga kamaytirishga yordam beradigan 7 odat

Jigar kasalliklarini 20 foizga kamaytirishga yordam beradigan 7 odat
Inson salomatligi uchun muhim bo‘lgan a’zoning salomatligini saqlash va turli kasalliklarning oldini olishga hissa qo‘shadigan odatlar qaysi ekani haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Qahva ichish
Amerikalik olimlar o‘tkazgan tadqiqotlarda qahvani muntazam ravishda iste’mol qilish va jigar saratonining kelib chiqish xavfi pasayishi o‘rtasida aloqadorlik borligi tasdiqlangan. Ushbu ichimlikni iste’mol qilish saratondan tashqari, gepatit C ham rivojlanishini sekinlashtirgan.
Transyog‘lardan voz kechish
Transyog‘lar yurak-qon tomir kasalliklari, saratonning ayrim turlari va jigarni yog‘ bosishiga sabab bo‘ladi. Shu sabab ham ulardan voz kechish va o‘rniga baliq, yong‘oq, o‘simlik yog‘ini kiritish tavsiya qilinadi.
Ko‘proq meva iste’mol qiling
Mevalarning, ayniqsa, qora va qizilida antioksidantlar bisyor bo‘ladi. Taom tarkibida qabul qilingan antioksidantlar spirtli ichimlik va shunga o‘xshash boshqa zararli mahsulotlardan keyin organizmga kirgan jigardagi xavfli va zararli moddalarni zararsizlantiradi. Qolaversa, antioksidantlar yallig‘lanish jarayonlarini kamaytirib, jigardagi fermentlarni faollashtiradi.
Spirtli ichimliklardan voz kechish
Spirtli ichimlikning hatto bir tomchisi ham jigar uchun zararli hisoblanadi. Ayniqsa, avvallari alkogol bilan o‘zi yoki qarindoshlarida muammo bo‘lganlar ehtiyot bo‘lishi kerak.
Jismoniy faol bo‘lish
Yugurish, velosiped uchish, suzish va tennis o‘ynash nafaqat yurak va qon-tomirlar uchun, balki jigar uchun ham foydali. Jigarda hatto kichik yallig‘lanish bo‘lgan taqdirda ham sport bilan shug‘ullanish yaxshi samara berishi yoki hatto butunlay tuzalishingizga sababchi bo‘lishi mumkin.
Tishlar salomatligiga e’tiborli bo‘ling
Yilda ikki marta stomatologga borib tish va milklarni tekshirtirish jigar salomatligi uchun juda ham muhim sanaladi. Kariyes va jigar kasalliklari o‘rtasida aloqadorlik borligi tadqiqotlarda aniqlangan.
Muntazam ravishda ko‘rikdan o‘tib turish
Hatto qarindoshlaringiz orasida jigar saratonidan aziyat chekkanlar bo‘lmasligiga qaramay, 40 yoshdan keyin ushbu a’zoni muntazam ravishda tekshirtirib turish lozim. Keyin kech bo‘lmasligi va oldini olish uchun simptomlar bo‘lmasa ham, doimiy ravishda ko‘rik muhim hisoblanadi.
  • 112
  • Рейтинг:  
    • Не нравится
    • 0
    • Нравится




  • Оставить комментарий

    Новости » Salomatlik » Jigar kasalliklarini 20 foizga kamaytirishga yordam beradigan 7 odat