Izlash

Antiqa chizburger sho‘rva retsepti

Antiqa chizburger sho‘rva retsepti
Sevimli fastfud yeguligini go‘sht, bulyon va pishloq bilan tayyorlanadigan vitaminga boy sho‘rva shaklida tayyorlab ko‘ring.
Kerakli mahsulotlar:
  • piyoz – 1 dona;
  • sabzi – 1 dona;
  • kartoshka – 3-4 dona;
  • qiyma – 250 gramm;
  • sariyog‘ – 4 osh qoshiq;
  • tovuq go‘shti bulyoni – 720 ml;
  • un – 2 osh qoshiq;
  • pishloq – 240 gramm;
  • sut – 360 ml;
  • smetana – 60 gramm;
  • qattiq pishloq – 100 gramm;
  • quritilgan non, ko‘kat, tuz va ziravorlar.
Tayyorlanish jarayoni:
  1. Piyoz, kartoshka va sabzi to‘rtburchak shaklida to‘g‘raladi.
  2. Qiyma yog‘siz tovada 5-6 daqiqacha qizarguncha qovuriladi.
  3. Alohida idishga suzib olingan qiymadan keyin tovaga sariyog‘ solib, piyoz, sabzi va ko‘kat qovuriladi.
  4. Sabzavotlarga boshqa ko‘kat va ziravorlar ham qo‘shilib, 5-6 daqiqa pishiriladi.
  5. Alohida idishga bulyon, qiyma va kartoshka solinib, 10-15 daqiqa qaynatiladi.
  6. Qolgan sariyog‘ tovada eritilib, ustidan un qo‘shiladi va oltin rangga kirguncha aralashtiriladi.
  7. Kartoshka yumshagandan so‘ng qovurilgan un solinadi va pishirishda davom etiladi.
  8. Sho‘rvaga pishloq, sut va sabzavotli massa qo‘shiladi va 2-3 daqiqa pishiriladi.
  9. Taom tayyor bo‘lgach, unga smetana qo‘shiladi va qirg‘ichdan o‘tkazilgan pishloq bilan dasturxonga tortiladi.
Yoqimli ishtaha!
  • 163
  • Рейтинг:  
    • Не нравится
    • 0
    • Нравится




  • Оставить комментарий

    Новости » Taomlar » Antiqa chizburger sho‘rva retsepti