Izlash

Instagram Stories’da avtomatik subtitrlarni joylashtirish funksiyasi paydo bo‘ladi

Instagram Stories’da avtomatik subtitrlarni joylashtirish funksiyasi paydo bo‘ladi
Facebook tarkibiga kiruvchi Instagram ijtimoiy tarmog‘i jamoasi yangi qulay funksiya ishga tushishini e’lon qildi. Endi Stories’ga osonlik bilan avtomatik subtitrlarni qo‘shish mumkin, deb xabar beradi IXBT.
Videodagi nutqning avtomatik ravishda matnga aylanishi oddiy stikerni qo‘shish orqali amalga oshiriladi. Foydalanuvchilar avtomatik subtitrlarni yaratishda alohida so‘zni tahrirlashi ham mumkin.
Ayni vaqtda ijtimoiy tarmoqning mazkur funksiyasi faqat ingliz tilida ishlaydi, bundan tashqari, kerakli stikerdan ingliz tilida so‘zlovchi davlatlarda foydalansa bo‘ladi. Biroq tez orada funksiya boshqa davlatlar va tillarda ham ishga tushadi.

Foto: IXBT
Instagram dasturchilari, shuningdek, yaqin kunlarda Reels kabi qisqa roliklar funksiyasini qo‘shishni rejalashtirmoqda.
Avvalroq Instagram haqoratli xabarlarni avtomatik yashirish funksiyasini ishga tushirishi to‘g‘risida xabar berilgandi.
  • 70
  • Рейтинг:  
    • Не нравится
    • 0
    • Нравится




  • Оставить комментарий

    Новости » Texnologiyalar » Instagram Stories’da avtomatik subtitrlarni joylashtirish funksiyasi paydo bo‘ladi