Izlash

Oshqozon faoliyatining buzilishiga olib keluvchi 9 mahsulot (foto)

Oshqozon faoliyatining buzilishiga olib keluvchi 9 mahsulot (foto)
Gastrit, oshqozon yarasi va oshqozon-ichak traktining boshqa kasalliklari ko‘pincha noto‘g‘ri ovqatlanishdan boshlanadi. Va ayrim mahsulotlar kasallikning eng keng tarqalgan sababchisi hisoblanadi.
Inson salomatligi to‘g‘ridan to‘g‘ri ovqatlanish bilan bog‘liq va bu, ayniqsa, oshqozon salomatligi uchun taalluqlidir. Juda kuchli va barqaror oshqozonning ham sog‘lig‘ini buzishi mumkin bo‘lgan eng xavfli mahsulotlar haqida bilasizmi? Ularni kamroq iste’mol qilishga harakat qilish yokibutunlay ratsiondan chiqarib tshlash lozim.
Sorbit va sun’iy ta’m beruvchilar

Foto: “Domashniy ochag”
Agar mahsulot yoki ichimlikning qadoqlarida “shakarsiz” deb yozilgan bo‘lsa, bu ushbu mahsulot boshqalarga qaraganda foydali ekanini anglatmaydi. Sorbit, shakar spirti deb nomlangan tarkibni o‘z ichiga olgan shirinliklar oshqozon uchun xavfli: tana uni sekin hazm qiladi, bu esa diareya, gaz hosil bo‘lishi va shishishiga olib keladi. Shifokorlarning fikriga ko‘ra, sorbit yoki shunga o‘xshash shirinlikdan ko‘ra bir choy qoshiq shakar iste’mol qilish yaxshiroqdir.
Gazli ichimliklar

Foto: “Domashniy ochag”
Odamlar gazlangan ichimliklar zarari to‘g‘risida gapirganda, avvalambor, tarkibidagi shakar miqdori yuqori ekanini eslaydil: ularning aksariyati tom ma’noda shakar bilan haddan tashqari to‘yingan va hatto bir stakani ham insulinning eng yuqori cho‘qqisini keltirib chiqarishi mumkin. Ammo gazlangan shakarli ichimliklar oshqozon va ichak sog‘lig‘iga ham zararli: u shilliq qavatni bezovta qiladi, bu esa oshqozon va oshqozon-ichak traktining buzilishiga olib keladi.
Meva sharbatlari

Foto: “Domashniy ochag”
Sharbatlar, hatto yangi siqilganlari ham gazlangan ichimliklarning alternativ hisoblanadi. Ular shakarga juda boy, ammo kletchatkaga emas. Bu nafaqat shakarning qonga singib ketish tezligini boshqarishda yordam beradi, balki ichak salomatligi uchun ham muhimdir. Sharbat o‘rniga yangi meva va sabzavotlarni iste’mol qilish tavsiya etiladi, ular ancha foydali.
Qahva 

Foto: “Domashniy ochag”
Agar jig‘ildon qaynashi moyilligi bo‘lsa, qahvadan butunlay voz kechish kerak. Chunki u kislota ishlab chiqarishni keltirib chiqaradigan omillardan biridir. Ammo oshqozon faoliyati me’yorda bo‘lsa ham, shakarli qahva ichimliklarini ichishdan tiyilish lozim. Ular ham shakar bilan to‘yingan va yog‘li pirojniy bilan raqobatlasha oladi.
Qizil go‘sht

Foto: “Domashniy ochag”
Afsuski, qizil go‘sht qancha ko‘p iste’mol qilinsa, yo‘g‘on ichak saratoni xavfi shunchalik yuqori bo‘ladi. Shifokorlar qizil go‘shtni haftada ikki martadan ko‘p bo‘lmagan holda iste’mol qilishni maslahat beradi va uni sabzavotli taom bilan almashtirishni to‘g‘ri deb biladi.
Qovurilgan yeguliklar

Foto: “Domashniy ochag”
Ovqatlardan kartoshka, tovuq yoki hatto baliqni qanchalik ko‘p qovurish kerak bo‘lsa, tana uni hazm qilish uchun ko‘proq harakat qilish kerak. Agar ushbu jarayon muntazam ravishda amalga oshirilsa, natijada oshqozon-ichak trakti va kislota oqimi rivojlanishi mumkin.
Yog‘siz mahsulotlar

Foto: “Domashniy ochag”
Agar yetarli miqdordagi sog‘lom yog‘larni – sut mahsulotlari, sog‘lom go‘sht va baliqlar, shuningdek, yong‘oqlar, o‘simlik moylaridan olinmasa – ularni shakar yoki zararli yog‘lar bilan to‘yingan ovqatlardan olish ehtimoli ko‘proq.
Loviya va yong‘oqlar

Foto: “Domashniy ochag”
Yo‘q, bu ularni butunlay tark etish degani emas: yong‘oq yurak salomatligi uchun zarur, loviya esa ichakning ishlashi uchun zarur bo‘lgan qimmatbaho kletchatka manbayi sanaladi. Ammo ushbu oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘p iste’mol qilish ortiqcha gaz hosil bo‘lishiga olib keladi, bu esa oshqozon-ichak trakti sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shunday qilib me’yordan oshmaslik tavsiya etiladi.
Olmalar

Foto: “Domashniy ochag”
Shunga qaramay, qachon to‘xtatish kerakligini bilish juda muhim bo‘lgan yana bir foydali mahsulot. Birinchidan, olmalarni ovqatdan so‘ng iste’mol qilish kerak, hech qanday holatda och qoringa emas: ushbu mevalarda juda ko‘p bo‘lgan kislota shilliq qavatida korroziyaga olib kelishi mumkin. Ikkinchidan, olma tarkibida bo‘lgan fruktoza ham qorinni shishiradi.
  • 28
  • Рейтинг:  
    • Не нравится
    • 0
    • Нравится




  • Оставить комментарий

    Новости » Salomatlik » Oshqozon faoliyatining buzilishiga olib keluvchi 9 mahsulot (foto)