Izlash

Mazali serb taomi — chevapchichi tayyorlab ko‘ring

Mazali serb taomi — chevapchichi tayyorlab ko‘ring
Ushbu serb taomidagi qiymani yangi sarimsoq, qalampir va ozgina osh sodasi xushxo‘r qiladi. Noodatiy tarkibiy qism go‘shtni yumshatadi, kaboblarni sersuv va mazali qiladi.
Kerakli mahsulotlar: 
  • sarimsoq — 4 bo‘lak;
  • petrushka —  ½ bog‘; 
  • mol go‘shtidan qiyma — 1 kg;
  • tuz —1 choy qoshiq;
  • paprika (maydalangan qizil qalampir) —1 choy qoshiq;
  • maydalangan qora murch — 1 choy qoshiq;
  • osh soda —1 choy qoshiq;
  • suv — 50 ml;
  • zaytun moyi — 1 osh qoshiq.
Tayyorlanish jarayoni: 
  1. Sarimsoqni tozalab, qirg‘ichdan o‘tkazing. Petrushkani ham maydalang.
  2. Qiymaga sarimsoq, petrushka, tuz va ziravorlar qo‘shib, yaxshilab aralashtiring.
  3. Sovuq suvga osh sodasi solib, aralashmani qiymaga quying. 5 daqiqa davomida yaxshilab aralashtiring.
  4. Qiymadan kabobchalar yasang. Tovada zaytun moyini qizdiring.
  5. Chevapchichini har ikki tomoni qizarguncha 3-4 daqiqa davomida qovuring.
Yoqimli ishtaha!
  • 19
  • Рейтинг:  
    • Не нравится
    • 0
    • Нравится




  • Оставить комментарий

    Новости » Taomlar » Mazali serb taomi — chevapchichi tayyorlab ko‘ring