Izlash

Internetda iPhone 13 Pro Max’ning prototipi namoyish etilgan video paydo bo‘ldi

Internetda iPhone 13 Pro Max’ning prototipi namoyish etilgan video paydo bo‘ldi
Taniqli xorijlik bloger va YouTube’dagi Unbox Therapy kanalining muallifi 2021-yilning kuzida taqdim etilishi kutilayotgan yangi iPhone Pro Max’ning prototipi tasvirlangan video bilan bo‘lishdi. Ushbu maket internetda tarqalgan chizmalar asosida yaratilgan, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.
Rolikda iPhone 13 Pro Max o‘tgan yilgi 12 Pro Max’ning to‘g‘ridan to‘g‘ri avlodiga aylanadi. Yangi smartfon xuddi o‘sha diagonalga ega bo‘ladi, biroq ancha ixcham qirqim — displeydagi “qosh”ning bir necha millimetrga kichraygani sabab uning maydoni biroz oshadi.
Shu bilan birga, smartfon ancha qalinlashadi, ayniqsa, kameralar sohasi — 16,99 millimetrga yetadi (12 Pro Max’ning bu joyi 14,1 millimetrga teng). O‘zaro taqqoslangan ikki modelga oid batafsil ma’lumotlar bilan quyidagi video orqali tanishish mumkin:

Qolgan jihatlari bilan iPhone 13 Pro Max’ning dizayni katta o‘zgarishga uchramaydi — po‘lat korpusli, chetlari qirrali va massiv kameralar modeliga ega eski dizayn.

Ammo iPhone 13 Pro Max’ga oddiy 13 Pro’dagi kabi 120 gertsli yangilanish chastotasiga ega yangi avlod displeylari o‘rnatiladi. Bu kabi chastotaga ega matritsalar anchadan buyon iPad planshetlariga qo‘yib kelinmoqda, biroq smartfonlarga u 2021-yilda nasib etadi.
Avvalroq iPhone 13 Pro Max ulkan kamera va biroz qalin korpusga ega bo‘lishi, iPhone 13 Pro’da barmoq iziga qarshi qoplama paydo bo‘lishi to‘g‘risida xabar berilgandi.
  • 74
  • Рейтинг:  
    • Не нравится
    • 0
    • Нравится




  • Оставить комментарий

    Новости » Texnologiyalar » Internetda iPhone 13 Pro Max’ning prototipi namoyish etilgan video paydo bo‘ldi