Izlash

Dunyo bo‘ylab eng keng tarqalgan saratonning 5 turi va ularning simptomlari

Dunyo bo‘ylab eng keng tarqalgan saratonning 5 turi va ularning simptomlari
Erta tashxis qo‘yish saraton kasalligini davolashning eng muhim omilidir. Qanday qilib saraton alomatlarini hech qachon o‘tkazib yubormaslik kerakligi bilan quyida tanishib chiqish mumkin.
Dunyo bo‘ylab har yili saraton kasalligining 18 milliondan ortiq yangi holatlari ro‘yxatga olinadi, har yili 9 milliondan ortiq odam saratonning biror-bir turidan vafot etadi. Tashxis qanchalik tez aniqlanishi va kasallik qaysi bosqichda ekanligi, muvaffaqiyatli terapiya inson hayotida hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
Ko‘krak bezi saratoni
Dunyoda bu saraton kasalligining eng keng tarqalgan shakli hisoblanadi. Shuningdek, har yili 50 mingga yaqin yangi holatlar qayd qilinadi, bu ayollarda uchraydigan xavfli o‘smalarning beshdan bir qismidir. Bundan tashqari, ko‘krak bezi saratoniga chalinganlarning deyarli yarmi allaqachon so‘nggi bosqichlarda ekanligi qayd etilgan. Qolaversa, har yili 20 000 ayol ko‘krak bezi saratonidan vafot etadi. Ahamiyat berish kerak bo‘lgan, eng keng tarqalgan ko‘krak bezi saratoni alomatlari:
  • teri tuzilishidagi o‘zgarishlar;
  • ko‘krak shakli yoki hajmining o‘zgarishi;
  • ko‘krak qafasining o‘zgarishi;
  • ko‘krak qafasidagi shishlar;
  • yo‘tal;
  • orqa qismda og‘riq;
  • ko‘krak qafasi hududida qichishish;
  • shishgan yoki yallig‘langan limfa tugunlari;
  • ichakdagi muammolar.
Ko‘krak bezi saratoni xavfini kamaytirish uchun yiliga kamida bir marta mammolog tomonidan tekshiruvdan o‘tish, har oy mustaqil ravishda ko‘krak tekshiruvidan o‘tish va 50 yoshdan keyin muntazam ravishda mammografiya o‘tkazilishi kerak. Yuqoridagi alomatlardan biri sezilsa, darhol shifokorga murojaat qilish muhimdir.
O‘pka saratoni
Bu dunyodagi eng keng tarqalgan saraton kasalligi: dunyoda kasallanganlar jami ikki milliondan ortiq. O‘pka saratoni o‘lim ko‘rsatkichi bo‘yicha yetakchi hisoblanadi: u dunyodagi eng tez o‘limga olib keluvchi onkologik kasallikdir. Har yili 1,76 million kishi kasallikdan vafot etadi. Kasallikning dastlabki belgilari:
  • qonli yo‘tal;
  • ko‘krak qafasida og‘riq;
  • doimiy yo‘tal;
  • ozish;
  • bo‘g‘ilish;
  • nafas qisishi;
  • kuchli chanqoq va tez-tez peshob;
  • nutq bilan bog‘liq muammolar;
  • barmoqlarning egriligi va qalinlashishi.
Kasallikni erta tashxislash imkoniyatini oshirish uchun har yili flyuorografiya, va agar kerak bo‘lsa, o‘pka tomografiyasini o‘tkazish lozim. Shuningdek, chekishni tashlash va har qanday tashvish beruvchi alomatlar uchun shifokor bilan maslahatlashishga to‘g‘ri keladi.
Yo‘g‘on ichak va rektal saraton
Butun dunyoda ichak saratoni eng keng tarqalganlik bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turadi: har yili deyarli ikki million yangi holatlar ro‘yxatga olinadi, 800 mingdan ortiq bemor vafot etadi. So‘nggi yillarda ichak saratoni sezilarli darajada yasharib bormoqda va agar ilgari yangi holatlarning asosiy qismi 50 yoshdan oshgan bemorlarda qayd etilsa, endi o‘simta yoshroq odamlarda ham tez-tez uchramoqda. Diqqat qilish kerak bo'lgan alomatlar:
  • axlatdagi o‘zgarishlar - ich qotishi yoki ich ketishi;
  • qon aralash axlat;
  • balg‘am aralash axlat;
  • qorin bo‘shlig‘ida og‘riq yoki noqulaylik hissi;
  • shishganlik hissi;
  • asossiz ravishda vazn yo‘qotish.
Yo‘g‘on ichak saratoni xavfini kamaytirish uchun to‘g‘ri ovqatlanish: birinchi navbatda, parhez tarkibida kletchatkaning yetarli ekanligiga ishonch hosil qilish, qayta ishlangan go‘sht, yog‘li ovqatlarni ozroq iste’mol qilish kerak. 50 yoshga to‘lgandan keyin ko‘proq harakat, va shuningdek, kolonoskopiya qilish tavsiya etiladi.
Teri saratoni
Ushbu turdagi saraton kasalligi dunyoda to‘rtinchi o‘rinda turadi: har yili 1 milliondan ortiq holatlar ro‘yxatga olinadi. Ko‘pincha teri saratoni teridagi xol va dog‘lar o‘zgarishi orqali o‘zini namoyon qiladi. Quyidagi belgilarni o‘tkazib yubormaslik lozim:
  • asimmetriya (xolning yarmi boshqasining o‘lchamiga mos kelmaydi);
  • boshqalarga o‘xshamaydigan rang, bitta xolda sariq, jigarrang yoki qora;
  • xol diametrining 6 mm dan kattaligi;
  • xol hajmi, rangi, shaklining o‘zgarishi.
Tirnoqlarning rangi va shakli o‘zgarganda, terida va og‘iz burchaklarida yaralar paydo bo‘lsa, shifokor bilan bog‘lanish kerak.
Jigar saratoni
Ushbu turdagi saraton xavfli o‘smalarning eng keng tarqalgan shakllari orasida beshinchi o‘rinni egallaydi: bu kasallik har yili 780 ming kishining hayotiga zomin bo‘ladi. Bilib olish kerak bo‘lgan alomatlar:
  • qorin bo‘shlig‘ida g‘ayritabiiy og‘riq;
  • ozish;
  • tez-tez ovqatlanish;
  • sarg‘ish teri yoki ko‘z oqining sarg‘ayishi.
  • 22
  • Рейтинг:  
    • Не нравится
    • 0
    • Нравится




  • Оставить комментарий

    Новости » Salomatlik » Dunyo bo‘ylab eng keng tarqalgan saratonning 5 turi va ularning simptomlari