Izlash

Xavfli, ammo yuqumli emas: Psoriaz bilan kasallanganlar nimalarga e’tibor berishi kerak?

Xavfli, ammo yuqumli emas: Psoriaz bilan kasallanganlar nimalarga e’tibor berishi kerak?
Autoimmun kasallik hisoblangan psoriaz odamdan-odamga yuqmaydi. Bir qator ichki sabablar bois teri hujayrasi anomal tezlikda yangilanadi. Terining istalgan qismida toshma yoki yaralar paydo bo‘ladi. Boshqa kam uchraydigan turlari borligiga qaramay, toshmali psoriaz eng xavflisi sanaladi. Shifokorlar aksariyat hollarda terining tashqi ko‘rinishiga qarab tashxis qo‘yadi. Rivojlangan mamlakatlardagi qo‘yilgan tashxislardan kelib chiqib aytish mumkinki, psoriazdan kamida 6 million odam aziyat chekadi. Yer yuzidagi 2-4 foizgacha bo‘lgan aholi u bilan kasallanadi.
Qanday turlari ko‘proq tarqalgan?
Toshmali “blyashechniy” psoriaz
Terining ayrim qismi qizarib, kumush rang qipiqqa o‘xshash “blyashka” bilan qoplanadi. Asosan harakatda bo‘ladigan teri yuzalarida ko‘proq bo‘lishi, boshdan tortib tananing istalgan qismida paydo bo‘lishi mumkin.
Tirnoqlar psoriazi
Tirnoqlarda uchraydigan mazkur o‘zgarish ham “blyashka”li psoriaz hisoblanadi. Taxminan 80-90 foiz “blyashka”li psoriaz bo‘lgan bemorlarning tirnoqlari zararlanadi. Tirnoqning aynan qaysi qismi zararlanganiga qarab simptomlar turlicha bo‘ladi. Shakli, rang va hatto tirnoq o‘sishi ham turli odamlarda turfa bo‘lishi mumkin.
Qaytuvchi psoriaz
Psoriazning ushbu turida asosan terining qo‘ltiq osti, ko‘krak osti va sohalarida kuzatiladi. Zararlanish odatda qizil va silliq bo‘ladi.
Tomchi ko‘rinishidagi psoriaz
Odatda streptokokk singari bakterial yoki virusli infeksiya keltirib chiqaradi. Pushti toshma shaklidagi qizarish asosan 30 yoshgacha bo‘lganlarda ko‘proq uchraydi.
Pustulyozli psoriaz
Shaffof yoki oqish suyuqligi bor toshmalar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
Eritrodermik psoriaz
Butun tana qizil va qipiq bilan qoplanganga o‘xshaydi. Uni boshqalaridan farqlash uchun terini biopsiya qilish kerak.
Umumiy simptomlari
Turiga qarab turfa toshma toshishidan tashqari, zararlangan tana qismida noqulaylik va qichish bo‘ladi. Kutilmagan hatto xavotirli alomatlar bo‘lishi ham mumkin. “Blyashka”li psoriaz bilan tirnoqlar zararlanganda chuqurchalar paydo bo‘lishi, hatto tirnoq ko‘chishi ham mumkin. Zararlangan qismning joylashuviga qarab qovoqlar yallig‘lanishi, eshitish bilan bog‘liq muammo yoki psoriatik artrit singari asoratlar bo‘lishi mumkin.
Kelib chiqish sababi
Istalgan autoimmun kasallik singari, odam organizmdagi immun tizimi adashib bakteriya va virus singari sog‘lom hujayralarga “hujum” qiladi. Tadqiqotchilar, immun tizimidagi bu muammo irsiy bo‘lishi mumkin degan fikrda. Shunga qaramay, moyillik borligi psoriaz paydo bo‘lishini, sizning kasallanganingiz bu bolalaringizda bo‘lishi mumkinligini bildirmaydi.
Uning rivojlanishiga quyidagilar sabab bo‘lishi mumkin:
  • infeksiya;
  • stress;
  • haroratning o‘zgarishi;
  • terining shikastlanishi;
  • chekish;
  • ba’zi dori vositalarini qabul qilish;
  • tashxis qanday qo‘yiladi?
Shifokor kasallik tarixi va jismoniy tekshiruvlardan kelib chiqib tashxis qo‘yadi. Kamdan-kam hollarda biopsiya qilishga to‘g‘ri keladi.
Qanday davolanadi?
Davolash uchun dori vositalari bilan uy parvarishini umumlashtirish kerak bo‘ladi.
Qichimaga qarshi dori vositalari
Qichishni bartaraf qilish uchun namlantiradigan vositalar, antigistamin preparatlar, gudron, bosh terisini davolovchi shampun tavsiya qilinadi.
Dorilarni qabul qilish
Aksariyat hollarda bemorga kortikosteroidlar, immun tizimi faoliyatini yaxshilaydigan preparatlar, restinoidlar, D vitaminidan olingan va oqsil asosli dori vositalari qabul qilish maslahat beriladi. O‘zboshimchalik bilan shug‘ullanmaslik, albatta, shifokorga borish kerak.
Fototerapiya
Ushbu muolaja ko‘pincha o‘rta yoki og‘ir darajadagi psoriazdan aziyat chekayotgan uchun qo‘llaniladi. Ultrabinafsha nurlaridan tananing butun yoki ma’lum qismi uchun foydalaniladi. Bunday bemorlar sovuq harorat va quruq havodan uzoq bo‘lishi kerak. Uy havosini namlantirish va issiq kiyinish muhim sanaladi.
Yana nima haqida bilish muhim?
Psoriazdan aziyat chekayotgan bemorlarning depressiyaga tushish holati tez kuzatilgani sabab atrofdagilar ular tushunishi va qo‘llab-quvvatlashi muhim sanaladi.
  • 17
  • Рейтинг:  
    • Не нравится
    • 0
    • Нравится




  • Оставить комментарий

    Новости » Salomatlik » Xavfli, ammo yuqumli emas: Psoriaz bilan kasallanganlar nimalarga e’tibor berishi kerak?