Izlash

Pechda pishirilgan pomidordan tayyorlanadigan oddiy va mazali sho‘rva retsepti

Pechda pishirilgan pomidordan tayyorlanadigan oddiy va mazali sho‘rva retsepti
Ushbu taomni nafaqat issiq, balki sovuq holida ham iste’mol qilsa bo‘ladi.
Kerakli mahsulotlar:
  • pomidor — 1500 g;
  • piyoz — 1 dona;
  • bulg‘or qalampiri — 2 dona;
  • zaytun yog‘i — 5 osh qoshiq;
  • bulyon —250 ml;
  • qaymoq — 100 ml;
  • shakar;
  • sarimsoq piyoz;
  • rayhon;
  • tuz, murch.
Tayyorlanish jarayoni:
  • Pomidorlarni 4 ga bo‘ling, sarimsoq va piyozlarni yirik qilib to‘g‘rang.
  • Bulg‘or qalampirini bo‘laklarga bo‘ling.
  • Rayhonni maydalang.
  • Sabzavot va ko‘katlar ustiga 3 osh qoshiq yog‘ soling, tuz va murch seping.
  • 200 daraja qizigan pechda 30 daqiqa davomida pishirib oling.
  • Blenderda pyure holiga keltiring.
  • Pyurega yog‘ning qolgani, bulyon, qaymoq solib qaynating.
  • Ko‘katlar bilan bezang.
Yoqimli ishtaha!
  • 20
  • Рейтинг:  
    • Не нравится
    • 0
    • Нравится




  • Оставить комментарий

    Новости » Taomlar » Pechda pishirilgan pomidordan tayyorlanadigan oddiy va mazali sho‘rva retsepti