Izlash

E’tiborsiz qoldirish xavfli bo‘lgan buyrak infeksiyasining 6 ta belgisi

E’tiborsiz qoldirish xavfli bo‘lgan buyrak infeksiyasining 6 ta belgisi
Dastlabki bosqichlarda buyrak infeksiyasining alomatlari oddiy shamollashga o‘xshab ketishi va dam olish hamda iliq vanna paytida yo‘qolishi mumkin. Odatda ayollarda buyrak infeksiyasi erkaklarnikiga qaraganda ko‘proq ta’sir qiladi. Bu tananing tuzilish xususiyatlari va, ayniqsa, buyrak yo‘llari bilan bog‘liq. Infeksiyani keltirib chiqaradigan bakteriyalarning aksariyati tanaga ushbu “yo‘l” orqali kirib boradi va, afsuski, ayollar yuqtirishga ko‘proq moyil. Dastlabki bosqichda buyrak infeksiyasini oddiy shamollash bilan chalkashtirib yuborish mumkin. Ammo agar kasallik o‘z vaqtida davolanmasa, bu jiddiy asoratlarning rivojlanishiga olib keladi.
Qon aralash peshob
Buyrak infeksiyalarining aksariyati tanaga peshob yo‘llari orqali kiradigan bakteriyalar bilan boshlanadi va bu ayollarda ko‘proq uchraydi. Chunki ularda ushbu yo‘llar erkaklarnikiga qaraganda qisqa. Peshob yoki qonda eritrotsitlar darajasining ko‘payishi infeksiyaning boshlanishini ko‘rsatishi mumkin. Albatta, kasallik buyraklarga ta’sir qilmasligi uchun iloji boricha tezroq shifokorga murojaat qilish va davolanishni boshlash muhimdir.
Peshob chiqarish istagi kuchayadi
Bunday vaqtda peshob pufagi tez-tez qisqaradi. Agar hojatxonaga avvalgidan ko‘ra tez-tez borish kuzatilsa, boshqa alomatlar sezilmasa ham, shifokorga murojaat qilish zarur.
Bel og‘rig‘i
Buyrak infeksiyasining eng keng tarqalgan alomatlaridan biri bu qaytalanuvchi bel og‘rig‘i. Infeksiyadan ta’sirlangan buyrak hajmi kattalashishi va og‘riqni keltirib chiqaradigan asab tolalarini bosishi mumkin. Agar bel sohasida takroriy og‘riqlar paydo bo‘lsa, shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Peshob vaqtida og‘riq
Buyrak infeksiyasi peshob yo‘llariga ham ta’sir qiladi – yallig‘lanish jarayoni kuzatiladi. Shuning uchun peshob chiqarishda og‘riq boshlanayotgan yoki rivojlanayotgan buyrak infeksiyasidan ham ogohlantirishi mumkin.
Rangi to‘q peshob
Kuchli, yomon hidli yoki tarkibida yiringli zarralar bo‘lgan peshob buyrak infeksiyasining alomatlaridir. O‘zingiz kasallik bilan kurashishga urinmang, shifokorga murojaat qiling!
Bosh aylanishi
Agar chora-tadbirlar o‘z vaqtida ko‘rilmasa, infeksiya qon oqimiga tushishi mumkin. Natijada qon ta’minoti buzilishi mumkin, yurak va miya esa yetarli miqdorda kislorod ololmaydi. Bosh aylanishi va hatto hushdan ketish ham kuzatiladi.
  • 28
  • Рейтинг:  
    • Не нравится
    • 0
    • Нравится




  • Оставить комментарий

    Новости » Salomatlik » E’tiborsiz qoldirish xavfli bo‘lgan buyrak infeksiyasining 6 ta belgisi