Izlash

Internetda buklanuvchi iPhone’ning renderlari paydo bo‘ldi

Internetda buklanuvchi iPhone’ning renderlari paydo bo‘ldi
Min-Chi Kuo ismli taniqli tahlilchi 8 dyuymli buklanuvchi ekranga ega bo‘ladigan iPhone’ga oid ma’lumotlar bilan bo‘lishdi, deb yozadi IXBT.
Taxminlarga ko‘ra, ushbu model 2023-yilda Apple assortimentida paydo bo‘ladi. Hozirda internetda eng katta iPhone’ning ehtimoliy dizaynini namoyish etadigan renderlar tarqalgan.
Tasvirlardagi qurilma xuddi Samsung Galaxy Z Fold kabi tranformatsiya prinsipiga ega. Hozirgi iPhone’larga xos ekranning yuqori qismida qirqim yo‘q — dizaynerlar frontal kamera va FaceID datchiklar tizimini alohida o‘yilgan joyga o‘rnatgan. Aylanasimon burchakli korpuslari bilan smartfon iPhone X va iPhone 11 Pro’ni yodga soladi — ixtirochilarning hisoblashicha, bu kabi qurilmani qo‘lga ushlash oson bo‘ladi.

Foto: IXBT
Tabiiyki bu kabi model buklanuvchan ekranning barcha o‘ziga xosliklarini ochib beradigan moslashtirilgan iOS versiyasiga ega bo‘ladi. Mish-mishlarga ko‘ra, Apple Corning kompaniyasi bilan buklanuvchi displey uchun mutlaqo yangi mustahkam himoya oynasi ustida ish olib bormoqda — bu buklanish joyida chiziq qolmasligini ta’minlaydi.
Avvalroq buklanadigan ekranga ega birinchi iPhone narxi 1499 dollar bo‘lishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
  • 63
  • Рейтинг:  
    • Не нравится
    • 0
    • Нравится




  • Оставить комментарий

    Новости » Texnologiyalar » Internetda buklanuvchi iPhone’ning renderlari paydo bo‘ldi