Izlash

Tish emalini qayta tiklashga qodir yalpizli konfetlar yaratildi

Tish emalini qayta tiklashga qodir yalpizli konfetlar yaratildi
Vashington universiteti olimlari tajriba tariqasida tish emalini qayta tiklash va tishlarni mustahkamlashga yordam beradigan yalpizli konfetlarni yaratdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Tadqiqotchilar tarjiba davomida tish bilan bog‘lanib, unga minimal darajada yangi emal qatlamini qo‘shadigan genetik modifikatsiyalashtirilgan oqsildan foydalangan. Tajribada yalpizli konfet inson, cho‘chqa va kalamush tishlari sinab ko‘rilgan.
Shu orqali ma’lum bo‘lishicha, bir kunda bitta yalpizli konfet iste’mol qilish normal darajada yemirilayotgan tish emalini qo‘llab-quvvatlash uchun yetarli.
“Har bir tadqiqot ikki hafta vaqt oladi va sinovlar uch oydan oshmaydi degan umiddamiz”, — deydi Vashinton universiteti stomatologi Sami Dogan.
Bundan tashqari, ekspertlarning ta’kidlashicha, oqartiruvchi vositalar sarg‘ish dentin qatlamini ko‘chirib, emalga zarar yetkazadi. Shu sababli emalni qayta tiklash imkoniyati optimal variantga aylanishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2019-yilda Polshadagi Varshava tibbiyot universiteti xodimlari qaysi ichimliklar inson tishlariga zarar yetkazishi ustida tadqiqotlar o‘tkazgandi. Olimlar tarkibida shakar o‘rnini bosuvchi sun’iy birikmalar (ksilit, eritrit, steviya) bo‘lgan va xushbo‘ylashtirilgan ichimliklarning tish emal qavatiga qanday ta’sir ko‘rsatishini o‘rganib chiqqan.
  • 44
  • Рейтинг:  
    • Не нравится
    • 0
    • Нравится




  • Оставить комментарий

    Новости » Salomatlik » Tish emalini qayta tiklashga qodir yalpizli konfetlar yaratildi