Izlash

Yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin boshqa maqsadda ishlatsa bo‘ladigan 9 mahsulot

Yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin boshqa maqsadda ishlatsa bo‘ladigan 9 mahsulot
Oshxona va muzlatkichingizdagi ayrim mahsulotlar aynib qolganidan keyin ularni tashlab yuborishga shoshilmang. Ular boshqa vaziyatda yaxshi samara berishi mumkinligini yodda tuting.
Mayonez
Yaroqlilik muddati tugagan mayonezdan idishlardagi dog‘larni ketkazishda foydalansa bo‘ladi. Bundan keyin idishlar yangidek yaltirashi aniq.
Grek yogurti
Grek yogurti tarkibida terini o‘lik hujayralardan tozalab, sog‘lom yaltirashni qaytaradigan laktobakteriyalar bo‘ladi. Terini yanada samarali tozalash uchun 2 osh qoshiq yogurtga 1 choy qoshiq tabiiy asal aralashtiring. Yuzingizga surtib, 15 daqiqadan keyin yuvib tashlang.
Sut
Endi achishni boshlagan sutni oshirma xamir uchun asos sifatida ishlatsa yoki go‘shtni marinadlash uchun foydalansa bo‘ladi. To‘g‘ralgan go‘shtga sut, tuz, murch va piyoz qo‘shib, ikki soatga muzlatkichga qo‘ying. Marinadlangan go‘shtni nafaqat gril, balki tovada ham pishirsa bo‘ladi.
Maydalangan qahva
Yaroqlilik muddati o‘tib ketgan qahvadan selyullitga qarshi va teri holatini yaxshilaydigan skrab sifatida foydalansa bo‘ladi. Maydalangan qahvani biroz sutga qo‘shib aralashma holiga keltiring. Yuzingizga ishqalab surtgandan keyin, 20 daqiqa o‘tgach yuvib tashlang.
Jigarrang shakar
Hidi o‘zgargan shakarni mevalarni karamellashda yoki oyoq-qo‘llar uchun skrab sifatida ishlatsa bo‘ladi.
Avokado
Aynib qolgan avokadoni pyure holiga keltirib, quruq sochlarni parvarishlash maqsadida ishlatsa bo‘ladi. Nam sochlarga surtilgan niqobni bir soatdan keyin yuvib tashlash lozim.
Vino
Ta’mi o‘zgargan vinodan sirka tayyorlasa bo‘ladi, buning uchun uni shishali bankaga solib og‘zini doka bilan yoping. Sovuq va qorong‘i joyga qo‘ying.
Sariyog‘
Yomon bo‘lib qolgan sariyog‘dan eshikning g‘ijirlashini bartaraf qilish va idishlarda yelimdan qolgan dog‘ni ketkazish uchun foydalaning. Sochga yopishib qolgan saqichni olish uchun ham sariyog‘ yaxshi samara beradi.
Banan
Qorayib, yomon bo‘lib qolgan banandan toza charm poyabzalni tozalashda foydalansa bo‘ladi. Birinchi banan keyin, toza latta bilan artilganidan so‘ng poyabzalingiz yangidek yaltiraydi.
  • 29
  • Рейтинг:  
    • Не нравится
    • 0
    • Нравится




  • Оставить комментарий

    Новости » Salomatlik » Yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin boshqa maqsadda ishlatsa bo‘ladigan 9 mahsulot