Izlash

O‘ttiz yoshdan keyin salomatlikda muammo bo‘lmasligi uchun qanday tibbiy tekshiruvlardan o‘tish kerak?

O‘ttiz yoshdan keyin salomatlikda muammo bo‘lmasligi uchun qanday tibbiy tekshiruvlardan o‘tish kerak?
Yosh o‘tishi bilan salomatlik bilan bog‘liq muammolar kelib chiqish ehtimoli yuqori bo‘lgani sabab ham 30 yoshdan keyin sog‘liqqa e’tiborli bo‘lish va shifokor ko‘rigidan o‘tib turish kerak.
Qon bosimi
Avvalgi natija me’yordan balandroq chiqqan bo‘lsa, yiliga ikki yoki undan ko‘proq marta tekshirtirib turing.
Qondagi xolesterolni tekshirtirish
Och qoringa topshirilgan tahlil aniqroq ma’lumot beradi. Avvalgi tahlil natijasi me’yorda bo‘lmasa, besh yilda bir marta yoki undan ko‘proq tekshirtirib turish kerak.
Tishlar salomatligi
Yilda bir marta tishlarni professional tozalash uchun shifokorga murojaat qilib turing. Tishlar bilan bog‘liq muammolar deylik kariyesga moyillik bo‘lsa, yarim yilda bir stomatologga borish kerak.
Ko‘zlarning salomatligi
Oftalmologga yilda ikki marta yoki shifokor tavsiyasiga binoan tashrif buyuring.
Jinsiy a’zolar tekshiruvi
Jinsiy yo‘l bilan o‘tishi mumkin bo‘lgan kasalliklarga tahlil topshiring.
Emlanish
Yiliga bir marta grippga qarshi emlanishni esdan chiqarmang.
Teri tekshiruvi
Har oyda bir marta teridagi o‘zgarishlarni tekshirib turing. Yilda bir marta shifokor ko‘rigidan o‘ting.
Sut bezlari
Bir oyda bir marta, ayniqsa oilaviy omillar bo‘ladigan bo‘lsa, tekshirib turish kerak.
Qandli diabet
Oila a’zolaringizda qandli diabet, sizda esa moyillik bo‘ladigan bo‘lsa, A1C gemoglabiniga tahlil topshiring.
Glitsatlangan gemoglabinga topshirilgan tahlil so‘nggi uch oy qondagi glyukozaning o‘rtacha miqdorini ko‘rsatadi.
  • 32
  • Рейтинг:  
    • Не нравится
    • 0
    • Нравится




  • Оставить комментарий

    Новости » Salomatlik » O‘ttiz yoshdan keyin salomatlikda muammo bo‘lmasligi uchun qanday tibbiy tekshiruvlardan o‘tish kerak?