Izlash

Yangi rangdagi iPhone 13 modeli namoyish etildi

Yangi rangdagi iPhone 13 modeli namoyish etildi
Internetda 2021-yilda taqdim etilishi kutilayotgan iPhone 13 lineykasida yangi — to‘q sariq korpus rangi paydo bo‘lishi to‘g‘risida ma’lumotlar tarqaldi. Iena Zelbo ismli dizayner va illyustrator qurilma qanday ko‘rinishga ega bo‘lishini namoyish etdi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.
Oldinlari Apple smartfonlarining faqat bitta rangi bo‘lardi — iPhone XR’dagiga o‘xshash korallsimon. Faqat u to‘q sariq va qizil o‘rtasidagi rangga o‘xshardi.
Yangi rangdan tashqari, iPhone 13’ning klassik variantlari ham saqlab qolinadi — qora, oq va qizil. An’anaga ko‘ra, 13 Pro va 13 Pro Max modellari xira qoplamali sokin ranglarga ega bo‘ladi.
Avvalroq internetda iPhone 13 modeli pushti rangda taqdim etilishi keng muhokamalarga sabab bo‘lgan edi. 2021-yilda pushti iPhone taqdim etilishini oldindan taxmin qilish mushkul, chunki tarqalgan ma’lumot taniqli insayderlar tomonidan tasdiqlanmagan. Aftidan, istalgan inson suratni o‘zgartirib, uni “Apple’ning fosh etilgan renderi” deya oladi. Foydalanuvchilar post ostiga ushbu kadrning shubhali ekani borasida izohlar qoldirmoqda.
  • 50
  • Рейтинг:  
    • Не нравится
    • 0
    • Нравится




  • Оставить комментарий

    Новости » Texnologiyalar » Yangi rangdagi iPhone 13 modeli namoyish etildi