Izlash

Xiaomi kompaniyasi o‘zining silindr-smartfonini namoyish etdi

Xiaomi kompaniyasi o‘zining silindr-smartfonini namoyish etdi
Xitoyning Xiaomi kompaniyasi bu safar silindrik shaklga ega smartfonni o‘ylab topib, uning dizayni tasvirlangan chizmalar bilan bo‘lishdi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.
Qurilmaning yuqori qismida bitta tugma joylashgan. Aftidan, ushbu tugma smartfonni o‘chirib-yoqish uchun mo‘ljallangan. Korpusning orqa tarafida kameralar tizimini ko‘rish mumkin. Hozircha ushbu model haqida batafsil ma’lumotlar yo‘q.
Silindr-smartfonning ostki qismiga katta dinamik o‘rnatilgan, tasvirlarda razyomlar ko‘zga tashlanmaydi.

Foto: LetsGoDigital
O‘raladigan ekran va akustik tizim ushbu multimedia qurilmasini filmlar tomosha qilish yoki musiqa tinglash uchun mo‘ljallanganidan dalolat beradi. Shuningdek, qurilma hamkasblar yoki mijozlarga biror nimani namoyish etishda qo‘l keladi. Shu bilan birga, smartfon dizayni qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish uchun juda noqulay.
Avvalroq Xiaomi noodatiy dizaynga ega “smartfon-slayder”ni, havo orqali ishlaydigan haqiqiy simsiz quvvatlantirgichni, “sharshara-ekran”ga ega inqilobiy smartfonini taqdim etgandi.
  • 23
  • Рейтинг:  
    • Не нравится
    • 0
    • Нравится




  • Оставить комментарий

    Новости » Texnologiyalar » Xiaomi kompaniyasi o‘zining silindr-smartfonini namoyish etdi