Izlash

Tushda kiygiz, namat | Тушда кийгиз, намат

Tushda kiygiz, namat | Тушда кийгиз, намат
KIGIZ, NAMAT (NAMAD) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida oq va toza kigizi borligini ko‘rsa, halol mol topishiga dalildir. Agar kigizni iflos va kir holda ko‘rsa, foydasi yo‘kdir. Agar ko‘pgina kigizi borligini ko‘rsa, uning miqdoricha o‘z kasbidan halol mol topishiga dalildir. Agar kigizlari yonib ketganini ko‘rsa, boyligini yomon yo‘lda yo‘hotishiga dalildir. Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida egnida kigizdan qilingan oq libos borligini ko‘rsa, boy xotinga uylanishi yoki er ko‘rmagan kanizak sotib olishiga dalildir. Agar kigizni tuya junidan qilinganini ko‘rsa, podshohdan foyda topishiga dalildir. Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushida kigizi borligini, biroq uni yo‘qotib qo‘yganini ko‘rsa, moliga nuqson yetishiga dalildir. Tushdagi kigiz bosuvchi halolga intiladigan va haromdan qochadigan kishidir.
  • 198
  • Рейтинг:  
    • Не нравится
    • 0
    • Нравится




  • Оставить комментарий

    Новости » Tush tabiri » Tushda kiygiz, namat | Тушда кийгиз, намат