Izlash

Smartfonlarda hali bunaqasi bo‘lmagan: Xiaomi noodatiy kamerani o‘ylab topdi

Smartfonlarda hali bunaqasi bo‘lmagan: Xiaomi noodatiy kamerani o‘ylab topdi
Xiaomi qiziqarli flagmanlar va konseptual smartfonlar bilan foydalanuvchilarni hayratga sola oladi. Bu safar kompaniya smartfon ekrani ostida aylanadigan kamerani patentladi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.
Odatiy holatda smartfonning barcha kameralari orqa tarafga yo‘nalgan. Selfiga tushish kerak bo‘lganda esa modullardan biri 180 darajaga buriladi — sxematik tasvirlarda u to‘q sariq doira bilan ko‘rsatilgan. Aylanish tizimi magnit uzatma yordamida amalga oshirilgan. Ta’kidlanishicha, “magnit qism” buriladigan kameraning orqa tomon blokiga qotirilgan.

Foto: LetsGoDigital
Kompaniya ushbu yangi texnologiyani o‘z smartfonlarida qachon qo‘llashi noma’lum. Bunga qadar Xiaomi kompaniyasi o‘zining silindr-smartfonini namoyish etgandi.
Avvalroq Xiaomi yangi smartfonini patentlagani, uning frontal kamerasi maxsus mexanizmda joylashgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
  • 60
  • Рейтинг:  
    • Не нравится
    • 0
    • Нравится




  • Оставить комментарий

    Новости » Texnologiyalar » Smartfonlarda hali bunaqasi bo‘lmagan: Xiaomi noodatiy kamerani o‘ylab topdi