Izlash

Xiaomi smartfon quvvatini 8 daqiqada to‘liq to‘ldirishga qodir quvvatlantirgichni taqdim etdi

Xiaomi smartfon quvvatini 8 daqiqada to‘liq to‘ldirishga qodir quvvatlantirgichni taqdim etdi
2020-yilda Xiaomi kompaniyasi 120 vattli o‘ta tez quvvatlanish funksiyasiga ega Mi 10 Ultra flagmanini taqdim etgandi. U sig‘imi 4500 mA/soat bo‘lgan akkumulyatorni 23 daqiqa ichida to‘liq quvvatlantirishga qodir. Ishlab chiqaruvchi bu bilan to‘xtab qolmaslikka qaror qildi va 200 vattli HyperCharge quvvatlantirgichini yaratdi, deb xabar beradi Lifehacker.
Bu kabi quvvatda sig‘imi 4000 mA/soatga teng akkumulyator 10 foiz quvvatni 44 soniyada, 50 foizni uch daqiqada, 100 foiz quvvatni esa 8 daqiqa ichida oladi. Taqqoslash uchun, Xiaomi’ning eng yaqin raqobatchilari Oppo va Realme 125 vattli quvvatlantirgichni taqdim etgan.
Xiaomi aql bovar qilmas darajadagi kuchli simli quvvatlantirgich bilan birga, 120 vattli yangi simsiz quvvatlantirgichni ham taqdim etgan. Uning yordamida 4000 mA/soatli akkumulyator 15 daqiqa ichida to‘ladi.
Ikkala texnologiya ham Mi 11 Pro flagmanida namoyish etilgan bo‘lib, uning standart versiyasi 67 vattli quvvatlanish funksiyasiga ega. Quvvati 200 va 120 vattga teng texnologiya seriyali ishlab chiqarish jarayonida qo‘llanish-qo‘llanmasligi noma’lum.
Avvalroq Janubiy Koreyaning Sejon universiteti tadqiqot guruhi yangi turdagi quvvatlantirgich ustida ish olib borayotgani, u smartfonlarni havo orqali quvvatlantira olishi haqida xabar berilgandi.
  • 223
  • Рейтинг:  
    • Не нравится
    • 0
    • Нравится




  • Оставить комментарий

    Новости » Texnologiyalar » Xiaomi smartfon quvvatini 8 daqiqada to‘liq to‘ldirishga qodir quvvatlantirgichni taqdim etdi