Izlash

ZTE kompaniyasi geymerlar uchun ingichka Nubia RedMagic 6R smartfonini taqdim etdi

ZTE kompaniyasi geymerlar uchun ingichka Nubia RedMagic 6R smartfonini taqdim etdi
ZTE kompaniyasi o‘zining sho‘ba korxonasi orqali geymerlar uchun yangi smartfon — Nubia RedMagic 6R’ni taqdim etdi, deb xabar beradi “Afisha.uz”.
Qurilma Full HD+ sifatni qo‘llab-quvvatlaydigan 144 gertsli yangilanish chastotasiga ega 6,77 dyuymli displey bilan jihozlangan. E’lon qilingan eng yuqori yorqinlik — 770 nit. Shuningdek, RedMagic 6R’ning yon tomonidan triggerlar o‘rin olgan bo‘lib, bu o‘yinni qulay va samarali boshqarishga yordam beradi.

Apparat ichidan Snapdragon 888 protsessori, 6/8/12 gigabayt tezkor va 128/256 gigabayt ichki xotira o‘rin olgan. Akkumulyator sig‘imi 4200 mA/soatni tashkil etib, 55 vattli tezkor quvvatlanish funksiyasiga ega. Telefon og‘irligi 186 grammni, qalinligi esa 7,8 millimetrni tashkil etadi. “Bu hozirda bozorda mavjud eng ingichka va yengil o‘yin smartfonlaridan biri hisoblanadi”, — deyiladi xabarda.

Nubia RedMagic 6R’ga beshta kamera o‘rnatilgan: 64 megapikselli asosiy, 8 megapikselli keng burchak, 5 megapikselli makro-modul, 2 megapikselli chuqurlikni o‘lchovchi datchik va 16 megapikselli frontal kamera.
Shuningdek, ishlab chiqaruvchi Monkey King o‘yinidan ilhomlanilgan apparat — RedMagic 6R Douzhe Sheng Buddha IP Limited Edition taqdim etilishini e’lon qilgan. U 12 gigabayt tezkor va 256 gigabayt ichki xotiraga ega bo‘ladi va maxsus qutida yetkazib beriladi.

Nubia RedMagic’ning Xitoydagi rasmiy narxi:
  • 6/128 GB — 424 dollar;
  • 8/128 GB — 470 dollar;
  • 12/128 GB — 518 dollar;
  • 12/256 GB — 565 dollar;
  • RedMagic 6R Douzhe Sheng Buddha IP Limited Edition — 628 dollar.
  • 74
  • Рейтинг:  
    • Не нравится
    • 0
    • Нравится




  • Оставить комментарий

    Новости » Texnologiyalar » ZTE kompaniyasi geymerlar uchun ingichka Nubia RedMagic 6R smartfonini taqdim etdi