Izlash

O‘n daqiqada tayyor bo‘ladigan kechki ovqat: Kunjutli lapsha retsepti

O‘n daqiqada tayyor bo‘ladigan kechki ovqat: Kunjutli lapsha retsepti
Nafaqat issiq, balki sovuq holida ham yeyish mumkin bo‘lgan mazali taom retseptini e’tiboringizga havola etamiz.
Kerakli mahsulotlar:
  • lapsha — 200 g;
  • kunjut yog‘i — 1 osh qoshiq;
  • yong‘oq yog‘i — 1 osh qoshiq;
  • soya sousi — 2 osh qoshiq;
  • sirka — 1 osh qoshiq;
  • asal — 1 choy qoshiq;
  • zanjabil — 1 choy qoshiq;
  • sarimsoq piyoz — 1-2 dona;
  • bodring — 1 dona;
  • ko‘kpiyoz;
  • qizil murch;
  • yalpiz;
  • kunjut.
Tayyorlanish jarayoni:
  • Kunjutga yong‘oq yog‘i, soya sousi, sirka, kunjut yog‘i, qirg‘ichdan chiqarilgan zanjabil, asal va sarimsoq qo‘shib, aralashtiring.
  • Pishirib olingan lapshani muzdek suvga soling.
  • Aralashmali idishga lapshani solib, aralashtiring.
  • Kubik shaklida to‘g‘ralgan bodring, ko‘kat va yong‘oqlar bilan bezab, dasturxonga torting.
Yoqimli ishtaha!
  • 49
  • Рейтинг:  
    • Не нравится
    • 0
    • Нравится




  • Оставить комментарий

    Новости » Taomlar » O‘n daqiqada tayyor bo‘ladigan kechki ovqat: Kunjutli lapsha retsepti