Izlash

Qulupnay hamda pishloq qo‘shib, antiqa sendvich tayyorlaymiz

Qulupnay hamda pishloq qo‘shib, antiqa sendvich tayyorlaymiz
Rezavor meva va yoqimli pishloq ta’mining birgalikdagi mazasidan bahramand bo‘ling.
Kerakli mahsulotlar:
  • qulupnay – 150 gramm;
  • qaymoqli pishloq – 220 gramm;
  • shakar upasi – 40 gramm;
  • vanil ekstrakti – 1 choy qoshiq;
  • tost noni – 6-8 dona;
  • tuxum – 3 dona;
  • sut – 80 ml;
  • shakar – 2 osh qoshiq;
  • dolchin – 1 osh qoshiq;
  • sariyog‘ – 4 osh qoshiq.
Tayyorlanish jarayoni:
  1. Qulupnay katta-katta bo‘laklarga bo‘linadi. Shakar upasi, pishloq va vanil bilan aralashtiriladi.
  2. Aralashma nonning yarmiga surtiladi va ikkinchi non bo‘lagi uning ustidan yopiladi.
  3. Alohida idishda tuxum, sut, shakar va dolchin aralashtiriladi.
  4. Tovada yog‘ qizdirilib, sendvichlar tuxumli aralashmaga botirib olinadi. So‘ngra qizargunga qadar qovuriladi.
  5. Qolgan sendvichlar ham xuddi shu tarzda tayyorlanadi.
Yoqimli ishtaha!
  • 43
  • Рейтинг:  
    • Не нравится
    • 0
    • Нравится




  • Оставить комментарий

    Новости » Taomlar » Qulupnay hamda pishloq qo‘shib, antiqa sendvich tayyorlaymiz