Izlash

Yurak faoliyatiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan yashirin sabablar

Yurak faoliyatiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan yashirin sabablar
Chekish, ortiqcha vazn va irsiyat yurak-qon tomir kasalliklarining rivojlanish xavfini oshiradigan asosiy omillardir. Ammo biz e’tibordan chetda qoldiradigan ba’zi sabablar ham mavjud.
Murakkab jismoniy mashqlar
Agar sog‘lom turmush tarzini boshlashga qaror qilib, jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishni boshlasangiz, buning natijasi ba’zan quvonarli bo‘lmasligi mumkin. Juda uzoq yoki o‘ta intensiv mashqlar yurakka ortiqcha yuk bo‘lishi mumkin. Agar sport rekordlarini yangilashga qaror qilsangiz, tayyorgarlikni yaxshi shifokor bilan rejalashtiring.
Uyqusiz tunlar
Agar kechqurun uxlolmay, u yoqdan bu yoqqa o‘girilsangiz, kechasi uyg‘onib ketsangiz, uyquzsizlik sababini topish va uyquni yaxshilash uchun, albatta, shifokorga murojaat qiling. Uzoq muddat davom etgan uyqusizlik yurak-qon tomir kasalliklari xavfini sezilarli oshiradi.
Ko‘p shakar iste’mol qilish
Shirinliklar va oddiy uglevodlar (oq non, oq guruch, yuqori navli undan tayyorlangan makaron) qondagi qand miqdorining keskin o‘zgarishiga olib keladi va yurak-qon tomir kasalliklari xavfini oshiradi. Aksincha, donli non glyukoza miqdorini barqarorlashtirishi va yurak xastaligi xavfini 9 foizga kamaytirishi mumkin.
  • 39
  • Рейтинг:  
    • Не нравится
    • 0
    • Нравится




  • Оставить комментарий

    Новости » Salomatlik » Yurak faoliyatiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan yashirin sabablar