Izlash

Tushda dibo | Тушда дибо

Tushda dibo | Тушда дибо
DIBO (Oliy nav ipakdan qilingan kiyim, atlas) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi dibo (Oliy nav ipakdan qilingan kiyim, atlas) bu dunyoning sozligi va yaxshiligidir.
Agar uni xotinlar ko‘rsa, yaxshiroq bo‘ladi. Erkak kishi tushida dibodan qilingan chopon kiyganini ko‘rsa, din va dunyoda izzat va obro‘ topishini bildiradi.
Jobir Mag‘ribiy (r.a.) aytadiki, ayol kishi tushida yashil atlasdan libos kiyganini ko‘rsa, o‘sha ayolning dindor va diyonatli ekanini bildiradi. Tushida oq atlasdan kiyinganini ko‘rsa, uning pokdoman va porsoligini bildiradi. Tushida ko‘k atlasdan kiyganini ko‘rsa, musibat yetishini bildiradi. Qora atlasdan kiyganini tush ko‘rsa, g‘amgin bo‘lishiga dalildir. Tushdagi dibo to‘quvchi odam dunyosi soz, diyni yomon musofirni bildiradi.
  • 94
  • Рейтинг:  
    • Не нравится
    • 0
    • Нравится




  • Оставить комментарий

    Новости » Tush tabiri » Tushda dibo | Тушда дибо