Izlash

Tushda bog’ | Тушда бог

Tushda bog’ | Тушда бог
BOG‘ KO‘RISH (BOG‘ DIDAN) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushdagi bog‘ xotin bo‘ladi. Boqqa suv berayotganini ko‘rsa, xotini bilan yaqinlik qiladi. Boqqa suv berayotganini, biroq nam bo‘lmayotganini ko‘rsa, xotini uning yaqinlik qilishini xohlayotgan bo‘ladi. Boqqa gulu rayhonlar ekayotganini ko‘rsa, qobil farzand tug‘ilishiga dalildir. Boqqa shaftoli ekayotganini ko‘rsa, farzand tug‘ilib, tezda unga ilmu adab o‘rgatishiga dalil bo‘ladi. Bog‘ida rayhon o‘sganini, bo‘y cho‘zganini va uning hidi dimog‘iga kirayotganini ko‘rsa, dono, botir va aqlli farzand tug‘ilishiga dalildir. Rayhon hidi farzandga dalolat qiladi. Bog‘ini yam-yashil, obod, oqar suvli, ko‘shkli, daraxt mevalaridan yegan, xotini bilan tamosho qilib yurgan holda ko‘rsa, ular Jannat ahli ekanliklariga dalildir. Obodon bog‘ni ko‘rsa va mevalaridan olib yesa, boyvachcha xotin olishiga dalolat qiladi va undan molu ne’mat topadi. Kuz faslida noma’lum boqqa kirsa va daraxtlardan barglarni to‘ksa, unga g‘am va qayg‘u yetishiga dalildir. Bog‘da ko‘shklar bo‘lsa, sabzalar, oqib turuvchi suvlar, daraxtlar serob bo‘lib, sohibjamol bir ayol uni imlab turganini ko‘rsa, oxiratda Jannat va hurlarni topishiga dalildir.
Bog‘i borligini yoki birov unga bog‘ berganini ko‘rsa, moldor xotin oladi va uning molidan yeydi. Bog‘da turganini va baland daraxt mevalari uning ustiga tushayotganini ko‘rsa, aziz bir kishi bilan husumatlashadi va unga g‘olib keladi. Bog‘da daraxt ustida uxlayotganini ko‘rsa, uning nasli va farzandlari ko‘payishiga dalildir.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, bog‘ tushda molli va jamolli ulug‘ kishi bo‘ladi. Bahor yoki yozda bog‘ni yashnagan holda ko‘rsa, mevalar yetilgan bo‘lsa, gulu rayhonlar ochilgan bo‘lsa, oqar suvlar bo‘lsa, u bog‘ o‘rtasida o‘tirgan bo‘lsa. shahidlik bilan o‘lishiga dalil bo‘ladi. Yozda ma’lum va noma’lum bog‘ ko‘rsa, mevalari shirin bo‘lsa, daraxt berglari to‘kilgan bo‘lsa, a’yonu xodimlaridan ajralgan podshoh bilan suhbatdosh bo‘lishiga dalildir. Yozda bog‘ni yashil, sermeva va oqin suvli holda ko‘rsa, daryo suvi oqib kelib, bog‘ni qo‘porib, xarob qilsa, diyor podshohiga o‘lim xavfi borligiga dalil bo‘ladi yoki ulug‘ sulton tomonidan podshohlikdan tushiriladi. Agar olov paydo bo‘lib, bog‘ daraxtlarini yondirib yuborsa, podshohga fojeaviy o‘lim yetadi. Bog‘da tuyalar yurgan bo‘lsa, o‘sha mamlakat podshohi dushman ustidan g‘alaba qiladi. Bog‘da qo‘ylarni ko‘rsa podshoxdan molu ne’mat topadi, podshohga esa ulug‘ haybat bo‘ladi. Bog‘da parrandalarni ko‘rsa, podshoh lashkarlari ahdu vafoda turgan bo‘ladi, biroq ularga ishonch bo‘lmaydi. Bog‘dan meva terib, uyiga olib ketsa, o‘sha mevaga yarasha xayru manfaat topadi. Bog‘ni bezatilgan va yashnagan holda ko‘rsa, kimdir unga bu bog‘ falonchiniki, desa, u o‘sha bog‘dan meva olib yesa, yeganiga qarab, bog‘ egasidan foyda topishiga dalildir. Bahor yoki yozda bog‘ni xarob holda ko‘rsa, chunonchi, unda na sabza va na daraxt bo‘lmasa, podshoh xalqqa jabru sitam qilishiga dalil bo‘ladi. O‘z qo‘li bilan bog‘ barpo qilganini ko‘rsa, daraxt o‘tqizsa meva hosili bo‘lsa, boyvachcha xotinga uylanishi va molu ne’mat hamda farzandlar hosil bo‘lishiga dalildir. O‘sha bog‘da o‘z vaqtida uzum ko‘rsa, o‘z himmatiga loyiq qadru e’tibor topadi.
  • 192
  • Рейтинг:  
    • Не нравится
    • 0
    • Нравится




  • Оставить комментарий

    Новости » Tush tabiri » Tushda bog’ | Тушда бог