Izlash

Tencent’ning eng yirik aksiyadori kompaniyaning 15 milliard dollarlik aksiyalarini sotdi

Tencent’ning eng yirik aksiyadori kompaniyaning 15 milliard dollarlik aksiyalarini sotdi
Xitoyning Tencent internet-korporatsiyasining eng yirik aksiyadori hisoblangan Prosus investitsion jamg‘armasi kompaniyaning 14,7 mlrd dollarlik aksiyalarini sotganini e'lon qildi.
Niderland jamg‘armasi Xitoy kompaniyasining 192 mln.dona aksiyasini sotgan, bu esa kompaniya umumiy aksiyalarining 2 foizini tashkil qiladi. Shundan keyin Prosus’ning Tencent’dagi ulushi 30,9 foizdan 28,9 foizgacha qisqargan, biroq u kompaniyaning eng yirik aksiyadori bo‘lib qoldi. Tencent’ning jamg‘armaga tegishli ulushi 239 mlrd dollarga baholanadi. Investitsion jamg‘arma yaqin 3 yil ichida Tencent aksiyalarini boshqa sotmaslikka va'da bergan.
Prosus 2019 yilda tashkil etilgan va unga JARning Naspers holdingiga qarashli xorijiy internet-aktivlar birlashtirilgan. Naspers onlayn-to‘lovlar, internetdagi savdo platformalari, taom va tovarlar yetkazuvchi onlayn-servislar, ijtimoiy tarmoqlarga ixtisoslashgan ko‘plab kompaniyalarda ulushlarga ega. Naspers Xitoy kompaniyasiga 2001 yilda 32 mln dollar sarmoya kiritgan.
Prosus’ning naqd pul zaxiralari Tencent aksiyalarini sotganidan keyin deyarli 4 marotaba oshadi. Jamg‘arma 2020 yil sentyabrida 4,6 mlrd dollarga ega bo‘lgan.
Jamg‘arma aksiyalarni sotishdan olgan mablag‘ni yangi internet-korporatsiyalarga sarmoya qilmoqchi. Ta'kidlanishicha, mablag‘lar Hindistonning onlayn-savdo tarmog‘iga yo‘naltirilishi mumkin.
  • 116
  • Рейтинг:  
    • Не нравится
    • 0
    • Нравится




  • Оставить комментарий

    Новости » Texnologiyalar » Tencent’ning eng yirik aksiyadori kompaniyaning 15 milliard dollarlik aksiyalarini sotdi