Izlash

Internet foydalanuvchilari Xiaomi Twitter’dagi sahifasiga iPhone’dan tvit qoldirganini payqab qoldi

Internet foydalanuvchilari Xiaomi Twitter’dagi sahifasiga iPhone’dan tvit qoldirganini payqab qoldi
Maks Vaynbax ismli taniqli insayder Xiaomi’ning Yevropa bo‘yicha Twitter’dagi rasmiy akkauntlaridan biri postlarni iPhone yordamida chop etayotganiga e’tibor qaratdi, deb yozadi Hi-Tech.Mail.ru.
Internet foydalanuvchilari bunga e’tibor qaratishi bilan tvit o‘chirib tashlangan. Ayrim foydalanuvchilar skrinshot qilishga ulgurib qolgan:

Bu kabi vaziyat Android smartfonlar ishlab chiqaruvchilarning ijtimoiy tarmoqlardagi mintaqaviy akkaunlarida tez-tez sodir bo‘lib turadi. Shu orqali, masalan, Apple o‘zining reklama kampaniyalari orqali ustidan kulishni yaxshi ko‘radigan Samsung qo‘lga tushgan. Jumladan, 2018-yilda Samsung’ning ikkita bo‘linmasi shu kabi “xato”ga yo‘l qo‘ygandi — kompaniyaning Saudiya Arabistoni va Nigeriyadagi rasmiy akkauntlari reklama tvitlarini iPhone’dan joylashtirgan. Eng qiziqarli holat esa 2013-yilda sodir bo‘lgan. O‘shanda tennischi Devid Ferrer o‘zining Twitter’dagi sahifasida yangi Galaxy S4’ni maqtagan, biroq u mazkur postni iPhone’dan joylashtirgan edi.
  • 15
  • Рейтинг:  
    • Не нравится
    • 0
    • Нравится




  • Оставить комментарий

    Новости » Texnologiyalar » Internet foydalanuvchilari Xiaomi Twitter’dagi sahifasiga iPhone’dan tvit qoldirganini payqab qoldi