Izlash

Xitoyda 9 yoshli bola omadsiz soch turmagi sabab sartaroshxonaga politsiya chaqirdi

Xitoyda 9 yoshli bola omadsiz soch turmagi sabab sartaroshxonaga politsiya chaqirdi
Xitoyning Guychjou provinsiyasidagi Anshun okrugida istiqomat qiluvchi 9 yoshli bolalay soch turmagidan norozi bo‘lib, go‘zallik saloniga politsiyani chaqirdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Ta’kidlanishicha, Xitoyning Sina Weibo ijtimoiy tarmog‘ida bolakay sartaroshxonadagi ko‘zguga qarab, sochlarini ushlagan holda yig‘layotgani tasvirlangan video paydo bo‘lgan.
Aniqlanishicha, yigitchaga yangi soch turmagi yoqmagan va u huquq-tartibot xodimlariga yordam so‘rab murojaat qilgan. Bolakayning opasini so‘zlari ko‘ra, u o‘zining soch turmagiga juda jiddiy e’tibor beradi va “ustaning nomaqbul ishi natijasi”ni ko‘rgach, juda xafa bo‘lgan.
Sartaroshxona xodimlariga nisbatan qanday chora ko‘rilgani va bolakayning ota-onasi yolg‘on chaqiruv uchun javobgarlikka tortilgan-tortilmagani noma’lum, biroq video oxirida ko‘rish mumkinki, voqea joyiga politsiyachilar yetib kelgan.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ham yigitning yangi soch turmagani yaxshi chiqmaganini yozib, uni izohlarda qo‘llab-quvvatlamoqda.
  • 119
  • Рейтинг:  
    • Не нравится
    • 0
    • Нравится




  • Оставить комментарий

    Новости » Bu qiziq » Xitoyda 9 yoshli bola omadsiz soch turmagi sabab sartaroshxonaga politsiya chaqirdi