Izlash

Internetda Huawei P50’ning sifatli tasvirlari paydo bo‘ldi

Internetda Huawei P50’ning sifatli tasvirlari paydo bo‘ldi
Twitter’dagi Rodent950 niki ostidagi taniqli insayder Huawei P50’ning yangi renderlarini e’lon qildi. Bu smartfonning hozirga qadar internetda tarqalgan eng sifatli tasvirlari hisoblanadi, deb yozadi IXBT.
E’lon qilingan suratlarda smartfon tillarangda tasvirlangan, biroq eng muhim jihati — unda kameralar joylashuvini ko‘rish mumkin. Xuddi Honor 50’dagi kabi kameralarning asosiy bloki ikkita doirasimon qavatga ajratilgan, biroq Huawei P50’ning yuqori halqasiga uchta modul joylashtirilgan, pastgisiga — bitta.

Pastki modul obyektivining tasvirlariga ko‘ra, unga ulangan tasvir datchigi qolganlaridan yirikroq. Mish-mishlarga ko‘ra, Huawei P50’ga optik formati 1 dyuymga yaqin 50 megapikselli matritsa o‘rnatiladi. Bu kabi datchikni Mi 11 Ultra’da ham uchratish mumkin, ammo Xiaomi Samsung sensoridan foydalanadi, Huawei esa Sony’dan olgan.
Insayderning yozishicha, suratlarda haqiqiy smartfon tasvirlangan, prototip emas.
Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning iyul oyida AQSh Huawei va Xitoyning boshqa texnologik kompaniyalari uchun viza cheklovlarini joriy qilgan edi. Davlat departamentining ma’lum qilishicha, bu kompaniyalar inson huquqlarining buzilishida ishtirok etayotgan mamlakatlar rasmiylariga yordam ko‘rsatmoqda. 2020-yilning noyabr o‘rtalarida esa Huawei kompaniyasi o‘zining Honor brendini 30 dan ortiq kompaniyalarni o‘zida birlashtirgan Shenzhen Zhixin New Information Technology Co. konsorsiumi sotib olganini rasman e’lon qilgandi.
  • 17
  • Рейтинг:  
    • Не нравится
    • 0
    • Нравится




  • Оставить комментарий

    Новости » Texnologiyalar » Internetda Huawei P50’ning sifatli tasvirlari paydo bo‘ldi