Izlash

Qomat tuzilishidan kelib chiqib libos tanlash bo‘yicha tavsiyalar (foto)

Qomat tuzilishidan kelib chiqib libos tanlash bo‘yicha tavsiyalar (foto)
Sarvqomat ko‘rinish va obrazning muvaffaqiyatli chiqishi uchun kiyim hamda aksessuarlarni qomat tuzilishidan kelib chiqib tanlash kerak.
Qomatining pastki qismi keng ayollar uchun

Foto: Cosmopolitan
Yuqori qismi ingichka, beldan pastki qismi keng bo‘lgan ayollarga yopishib turadigan ko‘ylak va keng shim kiymaslik tavsiya qilinadi. Ularning kichkina o‘lchamdagisi qomatni xunuk ko‘rsatadi, katta o‘lchamdagisi esa qop kiyib olgandek tasavvur beradi. Yaxshisi qomatni aks ettiradigan top bilan tizzadan tushib turadigan yubka kiying. Marks & Spencer taqdim qilgan kolleksiyadagi to‘g‘ri bichimli shim ham bunday qomat vakillariga yarashishi aniq.
Qomatining yuqori qismi keng bo‘lgan ayollar uchun

Foto: Cosmopolitan
Qomati teskari uchburchak, ya’ni yelka qismi keng, beli ingichka qomat vakillari esa old qismi ochiq, tor va yoqalari keng kofta kiymagani yaxshi. Buning o‘rniga old qismi V shaklini esga soladigan top va bel qismi yuqori turadigan keng shim va yubkalarga e’tibor qarating. Qolaversa, Marks & Spencer kolleksiyasidagidek ko‘ylak va keng yubkalardan ilhomlanishingiz mumkin.
Yelka va bo‘ksasi keng, beli ingichka ayollar uchun

Foto: Cosmopolitan
Qomati qum soati shaklini esga soladigan bunday ayollar belining ingichkaligi hisobiga istalgan kiyimni tanlashi mumkin. Shunga qaramay, mutaxassislar tor va geometrik printlar tushirilgan liboslar kiymaslikni tavsiya qiladi. Buning o‘rniga o‘simlik va gullar printi tushirilgan liboslarning siyohrang hamda qizil rangli variantlariga e’tibor qarating.
Qomati to‘rtburchak shakldagi ayollar

Foto: Cosmopolitan
Bo‘ksa va yelkalari keng bo‘lgan qizlarga mutaxassislar bel qismiga urg‘u bermaslikni tavsiya qilmaydi. Aynan shu sabab ham bel qismida belbog‘ va rezinkasi bor kiymang. Undan ko‘ra Marks & Spencer Horizon kolleksiyasidagidek to‘g‘ri bichimli jinsi va keng jemferga e’tibor qarating.
Qorni bor, ammo oyoqlari ingichka bo‘lgan ayollar

Foto: Cosmopolitan
Qorin va bel qismi to‘la, ammo oyoqlari ingichka bo‘lgan qizlarni keng bichimli ko‘ylak va bel qismi yuqori shimlar yanada to‘la ko‘rsatadi. Yengil jaket, “zapax” bichimli bluzka va yorqin rangli keng plashlar esa omadli obraz yaratishga hissa qo‘shadi.
  • 37
  • Рейтинг:  
    • Не нравится
    • 0
    • Нравится




  • Оставить комментарий

    Новости » Bu qiziq » Qomat tuzilishidan kelib chiqib libos tanlash bo‘yicha tavsiyalar (foto)